So’nggi yangiliklar

14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  0 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  4 11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  4 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  9 10:42ПСЖ футболчисини "Галатасарой"га таклиф қилди  2 10:07"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисига 70 миллион евро таклиф қилди  0 09:30Русланбек Жиянов: "Иккинчи таймда ўйинимиз очилди"  2 09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 08:33Ўртоқлик учрашуви. Ҳусанов майдонга тушган баҳсда "Манчестер Сити" ғалаба қозонди  2 08:04Суперлига. Бугун 16-тур якунланади  2 07:35Лионель Месси жароҳат олди  3

Andijon - Dinamo: Samarqand klubi 5 yillik noxush ananani buza oladimi? Yangiliklar

Andijon - Dinamo: Samarqand klubi 5 yillik noxush ananani buza oladimi?

Superliga 7-turi doirasidagi etiborli qarama-qarshilik Andijonda o'tadi.

Joriy mavsum debyutantlari sanalmish «Andijon» va «Dinamo» klublari Superliga doirasida ilk marta uchrashishadi. Oxirgi turda durang qayd etgan ikki jamoa ham ushbu bahsda faqat g'alabani ko'zlashi aniq.

Xususan, “Dinamo” jamoasi tur bezagiga aylangan Samarqandda “Navbahor”ga qarshi kechgan shiddatli o'yinda 2:2 hisobidagi jangovar durang qayd etgan bo'lsa, “Andijon” Termizda “Surxon” bilan 0:0 hisobga rozi bo'ldi.

“Sog'lom Avlod” stadionida o'tadigan “Andijon” – “Dinamo” uchrashuvida anshlag kuzatilishi mumkin. SHu kuni Andijonga “Dinamo”ni qo'llab-quvvatlash uchun Samarqanddan ham ko'hna shaharlik ishqibozlar tashrifi kutilmoqda.

Superliga. 7-tur.
5 may (yakshanba)
“ANDIJON” – “DINAMO”
O'yin boshlanish vaqti
: 17:20
TV-translyaciya:
«Sport» TV (jonli efir)


Joriy mavsumda…

Ushbu mavsumda Eldor Sakaev qo'l ostidagi “Andijon” jamoasi 6 o'yindan keyin 1 g'alaba, 3 durang, 2 mag'lubiyat bilan 6 ochko jamg'arib, 10-pog'onani band etib turgan bo'lsa, Davron Fayziev boshqaruvidagi “Dinamo” klubi 6 o'yindan keyin 2 g'alaba, 2 durang, 2 mag'lubiyat bilan 8 ochko jamg'argan holda 7-o'rinni band etib turibdi. 7-turdagi g'alaba ikki jamoadan birini turnir jadvalidagi holatini ancha yaxshilanishiga yordam beradi.



“Dinamo”ning o'tkazgan o'yinlari:
1-tur. “Dinamo” – “Nasaf” – 1:1
2-tur. “Surxon” – “Dinamo” – 1:0
3-tur. “Dinamo” – “Metallurg” – 2:1
4-tur. “Dinamo” – “So'g'diyona” – 1:0
5-tur. “Paxtakor” – “Dinamo” – 2:0
6-tur. “Dinamo” – “Navbahor” – 2:2

“Andijon”ning o'tkazgan o'yinlari:

1-tur. “Qizilqum” – “Andijon” – 1:1
2-tur. “Qo'qon-1912” – “Andijon” – 0:0
3-tur. “Lokomotiv” – “Andijon” – 4:0
4-tur. “Bunyodkor” – “Andijon” – 1:0
5-tur. “Andijon” – “Nasaf” – 3:1
6-tur. “Surxon” – “Andijon” – 0:0

Tarkibda yo'qotishlar bormi?

Tarkib borasida Eldor Sakaevda muammo yo'q, Davron Fayziev esa asosiy tarkib markaziy himoyachisi sanalmish Hakimxon Alamxonov o'rnini zaxiradan to'ldirishi talab etiladi. Himoyachi “Navbahor”ga qarshi uchrashuvda chempionatdagi 4-sariq kartochkasini olib, bitta o'yinlik diskvalifikaciyaga uchragan.

Andijonliklar safida Oybek Qilichev ehtiyot bo'lib o'ynashiga to'g'ri keladi. Ayni damda 3-sariq kartochkasi bo'lgan Qilichev, “Dinamo”ga qarshi ham hakam tomonidan ogohlantirilsa, navbatdagi uchrashuvga diskvalifikaciyaga uchraydi.

Ayni damda andijonliklar tarkibida Ro'zimboy Ahmedov 2 ta gol urib jamoa to'purari bo'lib turgan bo'lsa, “Dinamo”da Qadamboy Nurmetovning hisobida ham shuncha gol bor.

Eski tanishlar…


Har ikki jamoa tarkibida ham bir qator futbolchilar borki, ular avval raqib jamoa safida to'p surishgan. Xususan, “Andijon” tarkibidagi Ildar Mamatkazin (2014-15 yillar), Ro'zimboy Ahmedov (2012-13), Sardor Sulaymonov (2017) kabi futbolchilar “Dinamo” sharafini himoya qilishgan.

“Dinamo” tarkibidagi Qadamboy Nurmetov, Siroj Hamroev, Obid Hakimovlar esa avvalgi yillarda “Andijon” jamoasida faoliyat yuritishgan.

Andijon

Abror Xusinov - 16', Shahzod Ubaydullayev - 45'

Superliga. 7-tur

05/05/2019, 17:20

2
:
2
Tugadi

Dinamo

SHohruh Abdurahmonov - 6', Mirkomil Loqayev - 87'

45'
90'
10'  Dilshod Rahmatullayev (Asror G'ofurov)
16'  Abror Xusinov
16'  Abdullo Olimov
38'  Ro’zimboy Ahmedov
45'  Shahzod Ubaydullayev
45'  Ro’zimboy Ahmedov
6'  SHohruh Abdurahmonov
52'  Qadamboy Nurmetov
87'  Mirkomil Loqayev


O'zaro o'yinlarda ustunlik kimda?


“Andijon” va “Dinamo” Oliy Liga tarixida 40 marta to'qnash kelishgan. Ushbu o'yinlardan 14 tasida andijonliklar g'olib bo'lishgan. 8 o'yin durang hisobida yakunlangan. “Dinamo” shu kunga qadar Oliy Ligada “Andijon”ni 18 marta mag'lubiyatga uchrata olgan.

“Dinamo” shu kungacha o'zaro o'yinlarda “Andijon” darvozasiga 62 ta gol kiritgan. “Andijon”ning gollari esa 51 ta. “Burgutlar” o'zaro o'yinlarda 50 ochko ishlab olishgan bo'lsa, “Arslonlar” 62 ochkoni qo'lga kirita olishgan. “Dinamo”ning Oliy Ligada “Andijon” ustidan erishgan eng yirik g'alabasi 6:1ni tashkil qiladi. “Andijon”ning samarqandliklar ustidan qozongan eng yirik g'alabasi esa – 4:1ga teng.



Andijonda o'tgan o'zaro so'nggi uchrashuvlar:

Pro-Liga
05.10.2018 «Andijon» - «Dinamo» 1:0
18.05.2018 «Andijon» - «Dinamo» 3:1
2017 yil – «Andijon» quyi ligada.
2016 yil – «Dinamo» quyi ligada.

Oliy Liga
26.10.2015 «Andijon» - «Dinamo» 1:1
12.04.2014 «Andijon» - «Dinamo» 2:3
2013 yil – “Andijon” quyi ligada.
14.04.2012 «Andijon» - «Dinamo» 0:3
25.08.2011 «Andijon» - «Dinamo» 2:0
14.08.2010 «Andijon» - «Dinamo» 1:0
03.10.2009 «Andijon» - «Dinamo» 2:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt…

“Dinamo” jamoasi so'nggi marta bundan besh yil avval - 2014 yilda Andijondan g'alaba bilan qaytgan. O'shanda Abdulla Nabiev va Sanat SHixovning 85 va 90+3-daqiqadagi “dubli” “Dinamo”ning Andijondan g'alaba bilan qaytishiga sabab bo'lgandi. Ko'ramiz, bu safar Samarqand klubi Andijondagi 5 yillik g'alabasiz noxush ananasiga barham bera olarmikan?

“Dinamo” klubi matbuot xizmati.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика