So’nggi yangiliklar

07:55Ўзбекистон футзал терма жамоаси ЖЧдаги омадсизликлардан сўнг ФИФА рейтингида анча пастга тушиб кетди  1 07:27Про лига. Бугун 20-турнинг қолдирилган баҳси бўлиб ўтади  0 02:14Ўзбекистон U20 термаси Аргентинага мағлуб бўлди  2 01:45Миллатлар лигаси. Германия, Туркияда ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:24Миллатлар лигаси. Польшадаги стадионда чироқ ўчиб қолди  1 00:44Мудрик 5 ой деганда гол урди  1 00:14Тухель Англияда иш бошлаши мумкин  1 23:54Ўртоқлик ўйини. "Бунёдкор" - ОКМК 5:5  1 23:34“Андижон” ўртоқлик учрашувида ғалаба қозонди   2 22:54Қизиқ хабар! Ўткир Юсупов туфайли "Фулад" ходими ишдан кетди  20 22:35"Ливерпуль"нинг собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 22:18Бернд Шустер: "Мбаппе нима қилиш кераклигини яхши билади"  1 21:51"Милан" президенти "Сан-Сиро"ни қадимий иншоот деб атади  0 21:37АПЛ клуби ҳакамни танқид қилгани учун жаримага тортилди  0 20:58Испанияда қайси жамоанинг ўйинлари энг кўп томоша қилинмоқда?  1

"Bunyodkor" navbatdagi sharmandali mag'lubiyatni "Andijon"dan qabul qilib oldi. "Qaldirg'ochlar" tarixda ilk bor "burgutlar"ga yutqazdi Yangiliklar

"Bunyodkor" navbatdagi sharmandali mag'lubiyatni "Andijon"dan qabul qilib oldi. "Qaldirg'ochlar" tarixda ilk bor "burgutlar"ga yutqazdi

O'zbekiston Superligasi 2-tur doirasidagi "Andijon" - "Bunyodkor" o'yini bo'lib o'tmoqda.


ANDIJON - BUNYODKOR 5:1 (TUGADI)

Bosh hakam: Aziz Asimov.

Qanot hakamlari: Nikita Afinagenov, SHohnur Yo'ldoshev.

Zaxiradagi hakam: Isroil Imomnazarov.

VAR: Ilgiz Tantashev.

AVAR: Maksim Nexochin.

Nazoratchi: Aleksandr Popov.

Komissar: Qudrat Madraimov.

Gol: Luka Zgurskiy (Bektemir Abdumannonov) 7, 1:0, Samir Jelkovich 32 1:1, Vladimir Bubanya 43, 2:1, Islombek Mamatkazin 45+5, 3:1, Muhammadkarim Toirov 85 4:1, Armin Boshnyak 89, 5:1

"Andijon": 72. Igor Litovka, 5. Abdulvohid G'ulomov, 7. SHerzod Esonov, 8. Farhodbek Bekmurodov ( 9. Levan Arveladze,70) 13. Sardorbek Azimov, 15. Vladimir Bubanya (s), 17. Farhodjon Sohibjonov (94. Armin Bosnyak, 63), 26. Muhammadkarim Toirov, 28. Islombek Mamatkazin, 51. Luka Zgurskiy (99. SHahrom Samiev,63) 71. Bektemir Abdumannonov , 31. Demir Imeri, 63)

Zaxira: 2. Mohirbek Komilov, 10. Ilhomjon Abdug'aniev, 11. Sunnatulla Abdullajonov, 21. Ildar Mamatkazin, 66. Ilhomjon Alijonov, 

"Bunyodkor": 1. Marin Lyubich, 3. Mahmudjon Mahamadjonov, 4. Najmiddin Normurodov, 6. Samir Jelkovich, 8. Frane CHiryak (47. Rustamxon Azimov, 56), 11. Temurxo'ja Abduholiqov, 14. Mirjahon Mirahmadov (10. Rasul Yo'ldoshev,46), 22. Usmonali Ismonaliev, 66. Azizbek To'lqinbekov, 77. Muzaffar Olimjonov (19. Bilol Tupliev, 75), 92. Toni Yovich (57. Amir To'raqulov,56)

Zaxira: 71. Sarvar Karimov, 5. Momchilo Rasho, 7. Suhrob Izzatov, 45. Farhod O'tkirov,  78. Tohirbek To'xtasinov.

Ogohlantirish: Sardor Azimov 10, Temurxo'ja Abduxoliqov 64, Abduvohid G'ulomov 71

CHetlatish: Usmonali Ismonaliev ("Bunyodkor"), 

MATNLI TRANSLYACIYA


90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

89. GOL. Armin Boshnyak tablodagi hisobni 5:1 ko'rinishiga keltirib qo'ydi. 

85. GOL. Muhammadkarim Toirov "Andijon"ning to'rtinchi golini urdi. 

75. O'ZGARISH. "Bunyodkor", Muzaffar Olimjonovning o'rniga Bilol Tupliev tushdi. 

71. OGOHLANTIRISH. "Andijon", Abduvohid G'ulomov

70. O'ZGARISH. "Andijon", Bekmurodov o'rniga Arveladze tushdi.

64. OGOHLANTIRISH. "Bunyodkor", Temurxo'ja Abduxoliqov

63. O'ZGARISH. "Andijon", Abdumannonov o'rniga Imeri, Sohibjonov o'rniga Boshnyak, Zgurskiy o'rniga Samiev tushdi. 

58. ZARBA. Esonovning zarbasi Jelkovichga tegib maydonni tark etdi. Mezbonlar to'rtinchi golga yaqin. 

56. O'ZGARISH. "Bunyodkor", Frane CHiryak o'rniga Rustam Azimov, Toni Yovich o'rniga Amir To'raqulov tushdi. 

50. ZARBA. Bektemir Abdumannonov jarima maydonchasi ichida zarba yo'lladi. Noaniq. 

46. O'ZGARISH. "Bunyodkor", Mirjahon Mirahmadov o'rniga Rasul Yo'ldoshev tushdi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Tanaffus. 

45+5. Gol inobatga olindi, 3:1

45+4. GOL. "Burgutlar" "Bobur Arena"da "qaldirg'ochlar"ning patini yulishda davom etadi. Yana burchakdan to'p o'yinga kiritildi. Bu safar Islombek Mamatkazin gol muallifiga aylandi. Asimov yana VARga yuzlanmoqda. 

45. Birinchi bo'limga 11 daqiqa qo'shib berildi. 

43. GOL. "Andijon" nimalar qilyapti? Nimalar qilib tashlyapti? Vladimir Bubanya burchakdan oshirib berilgan to'pni gavdasi darvozaga yo'lladi, 2:1

40. Gol inobatga olindi. 

38. Asimov vaziyatni takroran ko'ryapti. 

36. Asimovning o'zi monitor oldiga keldi. Diqqat bilan ko'rdi. 

34. CHETLATISH. Usmonali Ismonaliev jim turgan Toirovni tepdi. Asimovning yonida bu ish amalga oshirildi. Ana sizga o'yin, mana sizga o'yin.


31. GOL. "Bunyodkor" hisobni tenglashtirdi. Burchakdan uzatib berilgan to'pni Jelkovich golga aylantirdi. "Andijon" himoyachilari bu vaziyatda uni etiborsiz qoldirishgandi. Asimov VARni tinglamoqda. 

27. ZARBA. Sohibjonovning o'ng qanotdan uzatgan to'pini Zgurskiy boshi bilan darvozaga yo'lladi. Zarba noaniq. 

20. "Bunyodkor"ning keyingi raqibi - "Navbahor". Superligada birinchi istefoni ko'ramizmi?

16. ZARBA. Yovichning zarbasini Litovka bartaraf etdi. 

10. OGOHLANTIRISH. "Andijon", Sardor Azimov

7. GOL. "Andijon" uchrashuvda hisobni ochdi. Kutilgan gol. Luka Zgurski gol muallifi. Bu erda Bektemir Abdumannonov ham jarima maydonchasi ichida katta hajmdagi ishni bajarib berdi. 

3. Jarima zarbasidan so'ng "Bunyodkor" darvozasi oldida kichik keskinlik yuzaga keldi. Ustunlik hamon mezbonlarda. 

1.  "Andijon" ilk daqiqalardan boshlab hujumga o'tishni boshladi va jarima zarbasini ishladi. Mezbonlarda standart vaziyat. 


- Uchrashuv boshlandi. 

- Jamoalar maydonga chiqib keldi. 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика