So’nggi yangiliklar

15:22"Арсенал" Англия терма жамоаси ҳимоячиси учун курашга қўшилди  0 14:56Карпенко "Бухоро"дан кетди  1 14:30Суперлиганинг 2025 йилдаги энг яхши мураббийи Қозоғистонда ишлайди  2 14:09​Расман: "Манчестер Сити" Семеньони сотиб олди  1 13:48Токотаев "Локомотив"да тиббий кўрикдан ўтолмади  8 13:25"Манчестер Юнайтед" янги мураббий бўйича қарорни кечиктирди  3 12:57"Фенербахче" Гендузини сотиб олди  0 12:30Кемалар шайланмоқда. Қайиқлар-чи?  1 12:00Бугунги ўйинлар: “Боруссия Д” сафарда, футзалда қизиқарли баҳслар ва бошқалар  0 11:38"Милан" Меньянга клуб тарихидаги энг юқори маошни таклиф қилди  4 11:10Ўтган мавсум "Нефтчи" билан чемпион бўлган футболчи фаолиятини Тошкент жамоасида давом эттиради  1 10:47Пўлатхўжа Холдорхонов: “Худо хоҳласа, “Андижон”га ҳам чемпионликни ният қилиб келдим”  6 10:20"Реал" етакчиси финалда ўйнаши мумкин  5 09:52"Мураббийлар қотили" - Маттейс де Лигт  6 09:24Алонсо "Реал Мадрид"нинг Испания Суперкубоги финалига чиққанига муносабат билдирди  6

Anchelottidan "Real" ham, Braziliya federaciyasi ham norozi Yangiliklar

Anchelottidan "Real" ham, Braziliya federaciyasi ham norozi

Teglar :  Karlo Anchelotti
"Real" ham, Braziliya terma jamoasi ham Karlo Anchelottidan norozi.

"Real" bosh murabbiyi Braziliya terma jamoasiga tayinlanishga yaqin edi, biroq kelishuv buzildi va endi italiyalik mutaxassis Saudiya Arabistonidan taklifni ko'rib chiqmoqda.  

Relevo xabariga ko'ra, 29 aprel kuni tushdan keyin Anchelotti Braziliya futbol konfederaciyasiga (CBF) "Madrid" uni iyun oyida qo'yib yubormasligini malum qilgan. Mutaxassis braziliyaliklar bilan aynan iyun oyidan ish boshlashni kelishib qo'ygan edi.

"Real" 65 yoshli mutaxassisni AQШda klublar o'rtasida boshlanadigan jahon chempionatigacha (KJCH) qo'yib yubormaslikka qaror qildi. Klub shartnomaning so'nggi yili uchun 11 mln evro tovon puli to'lamasdan bunga tayyor edi. Aytilishicha, Anchelotti ushbu summani olishni xohlagan. Bu muzokaralarning buzilishiga asosiy sabablardan biri bo'ldi.  

Braziliyada Karloning 26 may kuni Rio-de-Janeyroga kelishi va Ekvador (4 iyun) va Paragvay (9 iyun)ga qarshi o'yinlar uchun tarkibni elon qilishi rejalashtirilgan edi. Barcha narsa, jumladan, 2026 yilgi JCHgacha bo'lgan shartnoma kelishilgandi. Endi bu kelishuv deyarli amalga oshmaydi va CBF Jorje Jezushni tayinlashni ko'rib chiqmoqda.  

Anchelottining bu vaziyatdagi xatti-harakatlaridan "Real" ham, Braziliya ham norozi. CBF kelishuv buzilganidan, "Madrid" esa murabbiyning braziliyaliklar bilan muzokaralar olib borgani (garchi Karlo klubdan ruxsat so'ragan bo'lsa-da) va braziliyaliklar bilan suhbat tufayli "Real"dagi bir yig'ilishga bir marta kechikib kelganidan norozi.  

Eslatib o'tamiz, avvalroq "qaymoqraglilar" "Bayer"dan Xabi Alonsoni bosh murabbiylikka taklif qilish niyatida ekani xabar qilingan edi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика