Po'latxo'ja Xoldorxonov: “Xudo xohlasa, “Andijon”ga ham chempionlikni niyat qilib keldim”
09 jan 10:47
Yangiliklar
Po'latxo'ja Xoldorxonov: “Xudo xohlasa, “Andijon”ga ham chempionlikni niyat qilib keldim”
- Po'latxo'ja sizni "Andijon" azosiga aylanganingiz bilan muborakbod etaman. Shartnoma imzolandi va endi bu borada nimalarni ayta olasiz?
- “Andijon” jamoasini va jonkuyar muxlislarini hurmat qilaman va men bu jamoani azosi bo'lganimdan xursandman.
- Ushbu variantdan ko'nglingiz to'ldimi?
- Men har qanday chaqiruvga tayyor edim. Lekin variantlar orasida “Andijon” klubi menga ko'proq yoqdi. Sababi, ashaddiy muxlislar va tajribali murabbiy.
- "Sho'rtan" safida to'purarlik mahoratingizni ko'rsata oldingiz. Yangi mavsumda yanada o'zgacha ishtiyoq sizda sezilyapti. Bu haqida nima deya olasiz?
- “Sho'rtan” jamoasiga tez moslashib ketdim va men u erda o'zimni optimal formamga chiqa olmadim. Endi-endi optimal formamga chiqayotgan paytda chempionat tugab qoldi. “Andijon” katta jamoa va bu erda masuliyat ham ko'proq, ayniqsa, ishqibozlar oldida. Xudo xohlasa, tez moslashib ketaman, deb o'ylayman. Sababi bizda hali ikki oy vaqt bor va barcha bilan bir-birimizni tezroq tushunib ketamiz, deb umid qilaman.
- Oxirgi marta "Paxtakor" bilan chempionlikka erishgandingiz. Yana medallarni sog'indingizmi
- Albatta, men yoshligimda ko'plab musobaqalarda chempionlikni qo'lga kiritganman va yosh bo'lishimga qaramasdan Osiyo chempioni, O'zbekiston chempioni bo'lish nasib qildi. Xudo xohlasa, “Andijon”ga ham chempionlikni niyat qilib keldim.
- "Andijon"dagi o'zgarishlarni ko'rib turibsiz va bu boradagi munosabatingiz bizga qiziq...
- Bu juja ham quvonali va menga faqat motivaciya beryapti. Ayniqsa, 2026-yilni Andijon viloyati hokimi aytganidek, Andijonda futbol yili qilamiz, deganlari ajoyib. Muxlislar ham yildan-yilga kuchayib borayotganligi meni quvontiradi.
- Ushbu taklifni tanlashingizda sizga asosiy turtki bo'lgan jihat nimadan iborat bo'ldi?
- Ushbu taklifni qabul qilishimga asosiy turtkilardan biri bu tajribali murabbiy va chempionlikka bo'lgan intilish. Shuningdek, albatta “Ultras Burgut”. Men “Bobur arena”da ularni qo'llab-quvvatlashlarini sabrsizlik bilan kutaman va o'ylaymanki, muxlislarni va jamoani o'zimni gollarim bilan xursand qilaman. Olg'a “Andijon”, olg'a “Ultras Burgut”.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
"Реал"ни мусобақадан чиқариб юборишни истайман!" — Моуринью Арбелоа ва Мадрид ҳақида гапирди
Fikrlar