Anchelotti Salahning "Real"dan qasos olishi haqidagi gapiga: "Madrid" 1981 yilda Parijda finalda "Liverpul"ga yutqazgan. Biz ham qasos olishni xohlaymiz"
24 may 2022 14:26
Yangiliklar
Anchelotti Salahning "Real"dan qasos olishi haqidagi gapiga: "Madrid" 1981 yilda Parijda finalda "Liverpul"ga yutqazgan. Biz ham qasos olishni xohlaymiz"
- Salah "Real"dan qasos olishni xohlayotganini aytdi. Bu haqda nima deb o'ylaysiz?
- Bu motivaciya bo'lishi mumkin. Ammo, "Real" Parijda "Liverpul" (CHempionlar Kubogi-1981 finali, 0:1)ga yutqazgan. SHunday ekan, bizda ham qasos olish xohishi bor.
- "Real" CHempionlar Ligasida g'alaba qozonishga haqlimi?
- Agar biz g'alabaga loyiq bo'lsak, bu oldin qilgan ishlarimiz sabab emas, finaldagi ishimiz orqali bo'lgan bo'ladi. Hali hech kim fidoiylik va motivaciya borasida bizdan o'zib ketmagan. Bu g'alaba uchun etarli emas deb o'ylayman, ammo bu unga kerak.
- Rejalaringizga kambek kiradimi?
- Umid qilamanki, yo'q. Biz "Liverpul"ning kambek qilishga harakat qilishini xohlaymiz. Biz ushbu klubni juda ham hurmat qilamiz, ular juda yaxshi. Biz "Liverpul"ga qarshi final oldidan g'ayratga to'lamiz", - deydi Anchelotti.
CHempionlar Ligasi finali 28 mayda Parijda bo'lib o'tadi.
La Liga ishqibozlari uchun ushbu telegram-kanalni tavsiya qilamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar