So’nggi yangiliklar

22:51Эрон "CAFA Nations Cup-2025" финалига йўлланма олди  0 22:15Килиан Мбаппе: "Бизга дам керак"  1 21:51Трентнинг "Реал"га ўтганига бўлган муносабат Майкл Оуэнга ёқмади  1 21:25Элдор Шомуродов: "Ниятимиз финалга чиқиб, чемпион бўлиш"  7 20:59ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз майдонида Уэльсга имкониятни бой берди  13 20:40"Насаф" назорат ўйинида "Шўртан"га икки марта ютқазди  1 20:20МЮ "Атлетико" футболчисини ижарага олмоқчи бўлган, аммо рад жавобини олган  0 19:52Саудия Арабистони клублари "Челси"нинг икки футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1 19:24Де ла Фуэнте: "Карвахаль ва Родри – ўз позициясида дунёнинг энг яхши икки футболчиси"  1 18:56CAFA Nations Cup. Ҳиндистон Афғонистон билан дуранг ўйнаб, 2-ўринга жойлашди  7 18:22"Барселона" ва "Арсенал" "Ноттингем Форест" футболчисини нишонга олди  1 17:54"Фулхэм" "Бавария" футболчисини ижарага олди  0 17:28"Арсенал" ярим ҳимоячиси бу йил "Олтин тўп"ни кимга бериш кераклигини айтди  8 16:59"Барселона" ҳимоячиси жароҳати сабаб 3 ҳафта майдонга туша олмайди  0 16:30Манба: Паулу Бенту Мисрда ишлаши мумкин  26

Anchelotti: "Borussiya"ga urilgan xet-trik Vinisiusga keyingi yil "Oltin to'p"ni yutishda yordam beradi" (matbuot anjumani) Yangiliklar

Anchelotti: "Borussiya"ga urilgan xet-trik Vinisiusga keyingi yil "Oltin to'p"ni yutishda yordam beradi" (matbuot anjumani)

Kecha tunda Evropa CHempionlar ligasining 3-tur bellashuvlariga start berilganidan xabaringiz bor.

Madridda musobaqaning o'tgan yilgi finalchilari o'zaro bahs olib borishdi. Unda "Real" birinchi bo'limdan keyin 0:2 hisobida ortda borayotganiga qaramay, yakunda 5:2 natijasi bilan g'alaba qozondi. O'yinda Vinisius 3ta gol urdi, bosh murabbiy Karlo Anchelotti esa bahs yakunida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Real Madrid

Antonio Ruediger - 60', Vinicius Junior - 62', Lucas Vazquez - 83', Vinicius Junior - 86', Vinicius Junior - 90'

Champions League . 3-tur

23/10/2024, 01:00

2
:
5
Tugadi

Borussia Dortmund

Donyell Malen - 30', Jamie Gittens - 34'

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 74642 tomoshabin

Bosh hakam: Istvan Kovacs

45'
90'
60'  Antonio Ruediger
60'  Kylian Mbappe
62'  Vinicius Junior
71'  Luka Modric (Eduardo Camavinga)
83'  Lucas Vazquez
85'  Rodrygo (Aurelien Tchouameni)
86'  Vinicius Junior
87'  Vinicius Junior
90'  Jude Bellingham (Arda Guler)
90'  Kylian Mbappe (Daniel Ceballos)
90'  Vinicius Junior
30'  Donyell Malen
30'  Serhou Guirassy
34'  Jamie Gittens
34'  Donyell Malen
55'  Jamie Gittens (Waldemar Anton)
64'  Donyell Malen (Pascal Gross)
76'  Julian Ryerson (Emre Can)
76'  Felix Nmecha (Maximilian Beier)

"Nima qilishimiz kerakligi aniq edi va jamoa ikkinchi bo'limda sifatliroq o'ynadi. Bu joriy mavsumdagi eng yaxshi ikkinchi bo'lim bo'ldi".

- Birinchi bo'limda nima xato bo'ldi?

- Uchrashuvni biroz shiddat bilan boshladik, shakllangan jamoa kabi edik, ammo pressingsiz quyiroq tushib harakat qildik. Raqib esa hamma narsani yaxshi nazorat qila oldi.

Biz 2 bor to'sinni poyladik, lekin juda qo'rqoq ko'rindik. Bu jamoa tavakkal qilib raqibga bosim o'tkaza olishini ko'rsatdi va albatta buning uchun bizda resurslar bor.

- Tanaffusda futbolchilar bilan nima haqida gaplashdingiz?

- Tanaffus paytida uchta gol urish haqida o'ylash utopiya (yo'q, hayoliy joy) deb o'ylayman. Diqqatimizni mayda detallarga qaratishimiz, kuchli pressing qilishni boshlashimiz kerak, raqibga uzatmalarni amalga oshirishga imkon bermasligimiz, o'zimiz sifatli to'p oshirishlarni ijro etishimiz va kurashlarni yutishimiz kerak... Qachonki kurashlarda ustun kelib, yaxshi paslar bersangiz o'yin dinamikasi o'zgarishi mumkin va bizning birinchi golimizdan keyin shunday bo'ldi ham.

- Vinisiusning o'yiniga baho bersangiz.

- Futbolchilar ikkinchi bo'limni Vini bugun o'tkazgani kabi o'tkazishi kamdan-kam uchraydi. U g'ayrioddiy kuch va xarakter bilan o'ynadi.

- U "Oltin to'p"ni oladimi?

- O'ylaymanki, Vini bu kecha uchun emas, balki CHempionlar ligasida g'olib bo'lishimiz uchun o'tgan mavsum qilgan ishlari uchun g'alaba qozonadi. Bugungi 3ta gol esa unga keyingi yil eng yaxshi bo'lishi uchun yordam beradi, - dedi Anchelotti.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика