Anchelotti Asensioning goli bekor qilingani haqida: “Ofsayd borligiga shubha bor. “Real” mag'lubiyatga haqli emasdi”
20 mar 2023 07:35
Yangiliklar
Anchelotti Asensioning goli bekor qilingani haqida: “Ofsayd borligiga shubha bor. “Real” mag'lubiyatga haqli emasdi”
La Liga doirasida “Real” Kataloniyada “Barsa”ga 1:2 hisobida imkoniyani boy berdi.
81-daqiqada hisob 1:1 bo'layotgan vaqtda madridliklar azosi Marko Asensioning goli VAR qaroridan keyin bekor qilindi va u o'yindan tashqari holatda deb topildi.
“Biz hali hamon ofsayd borligiga shubhalanmoqdamiz. 100 foizga ishonch yo'q. Madridga shubha bilan qaytmoqdamiz.
Rostini aytsam, mag'lubiyatga loyiq emasdik. 2022 yilgi JCHda ofsaydlar juda aniq edi, ammo bu erda menda hali ham ikkilanish bor.
JCH-2022'dan keyingi yanvar bizga qimmatga tushdi. Biroq, hozir hammasi yaxshi. O'ylashimcha, “Real” mavsumni yaxshi yakunlaydi.
Bahslarga yaxshi tayyorgarlik ko'rish – ustuvor vazifamiz. Faqat shu orqali mavsumni ko'ngildagidek yakunlay olamiz. Bu uchrashuvni esa faxr bilan o'tkazdim”, deydi “Real” ustozi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar