Ana xolos! Tojikiston U-17 Osiyo kubogi saralashida 33ta to'p kiritdi, bir futbolchida 14ta gol
23 okt 18:27
Yangiliklar
Ana xolos! Tojikiston U-17 Osiyo kubogi saralashida 33ta to'p kiritdi, bir futbolchida 14ta gol
Saralashning "J" guruhi doirasida qo'shni Tojikiston o'smirlar terma jamoasi Guam o'smirlari darvozasiga javobsiz 33ta to'p kiritishdi. Tojikiston tarkibida Muxammad Nazriev 14ta gol urdi, Nazrullo Ashuralizoda esa 6 bor o'z hisobiga gol yozib qo'ydi.
U-17 Osiyo kubogi saralashi
"J" guruhi, 1-tur
23.10.2024
"Bishan" stadioni, Singapur
Tojikiston U-17 - Guam U-17 33:0
Gollar: Xaydarsho Xudoydodov 2, 25, Muxammad Nazriev 5, 12, 22, 38, 49, 50, 55, 58, 66, 67, 73, 76, 82, 83, Nazrullo Ashuralizoda 6, 10, 30, 38, 45+1, 52, Umed Jafoev 20, 23, 32, Abdusamad Melikmurodov 35, Parviz Bobonazarov 41, 42, Mexrojiddin Rozikov 62, Asadbek Maxtumov 63, 77, Muxammadjon Miraxmadov 70, David Maksudov 72.
Eslatib o'tamiz, U-17 Osiyo kubogiga saralashning 10ta guruhida g'olib chiqqan jamoalar va 5ta eng yaxshi ikkinchi o'rin egalari yo'l olishadi.
U-17 Osiyo kubogi-2025 keyingi yilning 3-20 aprel kunlari Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi.
Fikrlar