Amorim yanvarda Kazemiro, Antoni, Eriksen, Lindelyofni qo'yib yuborishga tayyor. Mutaxassis ularning o'rniga "Sporting"dan o'yinchilar olib kelmoqchi
30 okt 2024 23:30
Yangiliklar
Amorim yanvarda Kazemiro, Antoni, Eriksen, Lindelyofni qo'yib yuborishga tayyor. Mutaxassis ularning o'rniga "Sporting"dan o'yinchilar olib kelmoqchi
"Manchester Yunayted"ning to'rt futbolchisi Ruben Amorimning rejalariga kirmaydi.
39 yoshli murabbiy tez orada MYU ustoziga aylanadi, ingliz klubi tovon puli sifatida "Sporting"ga 10 mln evro to'lab beradi.
Amorimning rejalariga xavbek Kristian Eriksen va himoyachi Viktor Lindelyof kirmaydi. Ularning shartnomalari mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan va murabbiy hamkorlikni davom ettirishga qiziqmayapti.
Ikki futbolchi yarim himoyachi Kazemiro va vinger Antonidek yanvardayoq ketishi mumkin. Klub murabbiyning ikki braziliyalikning o'z maoshi darajasida o'ynamayotgani to'g'risidagi fikriga qo'shiladi.
Bundan tashqari, Amorim "Yunayted"ga "Sporting"dagi bir necha o'yinchilar, aniqrog'i himoyachi Gonsalu Inasiu, shuningdek vingerlar Markus Edvards va Pedru Gonsalveshga qiziqmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar