Argentinadan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng Ekvador termasi ustozi Feliks Sanches istefoga chiqarildi
05 iyu 2024 13:25
Yangiliklar
Argentinadan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng Ekvador termasi ustozi Feliks Sanches istefoga chiqarildi
Ekvador futbol federaciyasi Amerika Kubogi chorak finalida Argentinadan uchralgan mag'lubiyatdan bir necha soat o'tib mutaxassis bilan xayrlashganini elon qildi. Asosiy vaqt 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan bo'lsa, penaltilar seriyasida argentinaliklar kuchliroq chiqdi (4:2).
"Bugun bosh murabbiy Feliks Sanches Bas bilan shartnomani bekor qilish bo'yicha kelishuvga erishildi. Feliks va uning murabbiylar shtabiga mehnati va professionalligi uchun minnatdorlik bildiramiz va kelajakdagi loyihalarida muvaffaqiyatlar tilaymiz", – deyiladi federaciya bayonotida.
48 yoshli ispaniyalik mutaxassis Ekvador terma jamoasini 2023 yilning mart oyidan buyon boshqarib kelayotgandi. Bas boshchiligida terma jamoa 19 uchrashuvdan 10 tasida g'alaba qozondi, 6 marta mag'lubiyat alamini totib ko'rdi va 3 bor durang o'ynadi.
Feliks Sanches o'zbekistonlik futbol ishqibozlariga yaxshi tanish. U bir necha yil mobaynida Qatar mamlakatida faoliyat yuritib, terma bilan 2019 yilda Osiyo Kubogida zafar quchgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar