Almada Madrid klubiga o'tishi mumkin
10 mar 2024 14:35
Yangiliklar
Almada Madrid klubiga o'tishi mumkin
MLSning "Atlanta Yunayted" jamoasida o'ynovchi Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Tyago Almada top-chempionatga o'tishi mumkin.
22 yoshli janubiy amerikalikka Madridning "Atletiko" klubi qiziqish bildirmoqda. Almadaning Amerika klubi bilan shartnomasi 2026 yilning so'nggiga qadar mo'ljallangan. Yarim himoyachining transfer narxi 27 million evroga baholanmoqda.
Argentinalik MLS tarkibida 2ta o'yinda maydonga tushib, penaltidan bitta to'p kiritdi.
"Atletiko" Ispaniya chempionatida 28 turdan so'ng 55 ochko jamg'argan holda jadvalda to'rtinchi o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar