Aliu Sisse Senegal terma jamoasi bilan shartnomasini uzaytirdi
11 noy 2022 15:04
Yangiliklar
Aliu Sisse Senegal terma jamoasi bilan shartnomasini uzaytirdi
2015 yildan beri Senegal termasini boshqarib kelayotgan 46 yoshli mutaxassis bilan shartnoma 2024 yilgacha uzaytirildi.
Uning qo'l ostida jamoa 2021 yilda Afrika Millatlar Kubogida g'olib chiqdi. Ikki yil avval esa Sisse jamoasi musobaqada ikkinchi o'rinni egallagan edi.
Murabbiylik faoliyati davomida Aliu faqat bir klub – Franciyaning "Luan Kuizo" klubini boshqargan. SHundan so'ng u o'z terma jamoasida turli lavozimlarda ishlagan. Futbolchi sifatida milliy terma jamoa safida 28 ta o'yin o'tkazib, 9 ta gol urgan va 2002 yilda Afrika Millatlar Kubogining kumush medali sohibiga aylangan.
Senegal JCH-2022 A guruhida Niderlandiya, Ekvador va Qatarga qarshi o'ynaydi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar