Alisher Salimov: "Surxon" 29 martgacha qarzlarini to'lamasa Pro ligaga tushadi deyishgandi, lekin..."
04 apr 2023 11:46
Yangiliklar
Alisher Salimov: "Surxon" 29 martgacha qarzlarini to'lamasa Pro ligaga tushadi deyishgandi, lekin..."
"2021 yilda "Surxon" klubida to'p tepdim. O'sha yildan buyon klubning 170 million so'mdan ko'proq qarzi qolib ketgan. 2 yildan buyon O'FA va PFLga murojaat qilyapmiz. Ularning so'nggi javobi qarzdorlik rasman Surxondaryo viloyati hokimligiga o'tkazildi, to'lab berishadi deyishdi. Klubdagilar pulni hokimiyat to'laydi deyishdi, lekin biz rasmiy shartnomani "Surxon" klubi bilan tuzganmiz-ku.
Bu gapga ham ancha bo'ldi. Yaqindagina 29 martgacha "Surxon" o'z qarzlarini to'lamasa keyingi yilni Pro ligada boshlaydi degan xabar chiqdi. Haliyam qarzlar uzilmadi, lekin "Surxon" Pro ligaga tushadi degan narsani ko'rmadim. SHaxsan men klubga jabr bo'lishini va quyi ligaga tushishini istamayman, lekin qarzini to'lashini oxirgacha kutaman. SHunday davom etaversa FIFAga ham arz qilishga tayyorman", - dedi Alisher Salimov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar