So’nggi yangiliklar

09:04"Манчестер Сити" футболчиси: "Хусановдан ўтиб кетиш жуда қийин"  2 08:43Трансфермаркт Туркия чемпионатининг янгиланган нархларни эълон қилди. Ҳамюртларимизда пастлаш  6 08:20SofaScore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 03:00Испания кубоги. "Реал Мадрид" Талавера"ни бироз қийинчилик билан енгиб, кейинги босқичга йўл олди  9 02:25Англия лига кубоги. Ҳусанов тўлиқ ҳаракат қилган ўйинда "Манчестер Сити" "Брентфорд"ни мағлубиятга учратиб, ярим финалга йўл олди  21 01:20УЕФА мухлисларнинг хатти-ҳаракатлари учун "Бавария"ни жазолади  1 01:05Испания кубоги. "Атлетико Мадрид" меҳмонда "Атлетико Балеарес" устидан ғалаба қозонди  0 00:48ПСЖ "Фламенго"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратиб, ФИФА Қитъалалара кубогини қўлга киритди!  15 00:22МЮ Марокаш устидан ФИФАга шикоят қилди  2 23:52"Барселона" "Айнтрахт"дан мухлислар етказган зарарни қоплашни талаб қилмоқда  1 23:23Ўзбекистон U-17 терма жамоаси даврозабони "Андижон"га ўтмоқда  2 22:58Туркия кубоги. "Ризеспор" "Газиантеп"ни йирик ҳисобда таслим этди. Алиқулов 72 дақиқа ўйнади  0 22:25Кейн Бундеслигада Левандовскининг рекордини янгилаш ҳақида гапирди  0 21:58"Максфилд Таун"нинг 21 ёшли футболчиси ЙТҲда ҳалок бўлди  0 21:2938 ёшли Суарес "Интер Майами" билан шартномасини бир йилга узайтирди  0

Fevzi Davletov: "Behruz Karimov tezligi va driblingi evaziga yarim himoyada yaxshiroq o'ynamoqda" Yangiliklar

Fevzi Davletov: "Behruz Karimov tezligi va driblingi evaziga yarim himoyada yaxshiroq o'ynamoqda"

Superliganing 27-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Surxon" (2:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Fevzi Davletov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


"Birinchi taymda imkon qadar himoyada yaxshi o'ynashga urindik. Ammo himoyachimiz sirg'anib ketgan vaziyatdan keyin gol qo'yib yubordik. Tanaffusda yigitlarga tanbeh berdik, o'zgarishlarni amalga oshirdik. Ikkinchi taym boshini yomon boshladik va ikkinchi golni o'tkazib yubordik. Aslida birinchi taymdek harakat qilishimiz kerak edi. Ammo ikkinchi gol bizga tasir qildi va hujumga o'tishga majbur bo'ldik. Gol urib o'yinga qaytdik. Bahs oxirida "Neftchi" bizga hujumda yaxshiroq o'ynashga imkon bermadi. Vaziyatlardan foydalanishda oqsadik", - dedi Fevzi Davletov.

- "Neftchi" bugungi g'alabadan keyin peshqadam bo'lib oldi. Uning chempionlik poygasidagi imkoniyatini qanday baholaysiz?

- Hozir "Neftchi" ustozi Vitaliy Levchenko keladi va menimcha, bu savolni unga bergangingiz to'g'ri.

- Ikkinchi o'tkazilgan gol hujumda Asilbek Jumaevning to'p yo'qotishidan keyin sodir bo'ldi. O'sha vaziyatda darhol reakciya qildingiz. Jumaevning o'yiniga qanday baho berasiz, unda charchoq alomatlari kuzatilmayaptimi?

- Nodirxon Nematjonov shunchaki o'sha vaziyatda vertikal o'ynashi kerak edi. Pozicion hujumda esa Jumaev ishonli o'ynashi lozim edi. Bunday jamoaga qarshi hujum paytida to'p yo'qotish albatta jazolanadi. Shu sabab bu golni chuqur tahlil qilish kerak.

- Behruz Karimov oxirgi turlarda qanot vingeri sifatida o'ynamoqda va gollar urmoqda...

- Menimcha aynan vinger poziciyasida u o'zin qulay his qilmoqda. Himoyada xatolari bor, pozicion noto'g'ri o'ynamoqda. Oldinroqda esa o'zining tezligi va driblingi evaziga juda yaxshi o'ynamoqda.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика