So’nggi yangiliklar

18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  2 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  0 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  12 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  2 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  5 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  7 15:47ПСЖ "Олтин тўп"ни топшириш маросимида қатнашмайди. Нима учун?  11 15:25Хет-трик қайд этган легионер, рақибни тор-мор келтирган мураббий, финт билан гол урган футболчи — Суперлигада 22-турнинг энг яхшилари  3 15:03Цигер, Исмоилов, Ғиёсов, Табатадзе, Бегич... Суперлига 22-тур рамзий терма жамоаси  0 14:42Клюйверт Гиннес рекордлар китобига кирди  5 14:16"Арқадағ" вакиллари давлат мукофотига эга бўлди  16 13:49"Андижон" сўнгги сонияларда мағлубиятдан қутулиб қолган "Сўғдиёна" билан баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:23Эшитдик-да! Ўзбекистон МТЖ 9 октябрь куни Тошкентда ўртоқлик ўйини ўтказади  22 13:01U-17 Осиё Кубоги финалида қизил карточка олган Сарсенбаев ЖЧ гуруҳ босқичида Ўзбекистон терма жамоасига ёрдам беролмайди  7 12:40Суперлига. 23-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  6

Alisher Nikimbaev: "PFL hozirgi rahbariyat ostida o'z xatolarini tan olmaydi va uni yaxshi tarafga o'zgartirmaydi" Yangiliklar

Alisher Nikimbaev: "PFL hozirgi rahbariyat ostida o'z xatolarini tan olmaydi va uni yaxshi tarafga o'zgartirmaydi"

Kecha o'zbekistonlik futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev telegramdagi o'z kanalida quyidagi postni joylashtirdi.

O'quvchilarimiz etiboriga uni o'zbek tilida taqdim etamiz:

"Championat.asia sayti PFL Bosh direktori vazifasini bajaruvchisi bilan intervyu treylerini elon qildi. Ananalarga ko'ra, ushbu amaldor meni eslab o'tdi va hatto qandaydir maslahatlar ham berdi. Oldin ham yozganimdek, uning men haqimdagi fikrlari qiziq emas, shu sabab javob berish va intervyuni ko'rishni istamayman.

Ammo, fursatdan foydalanib, ehtimol ayon bo'lgan bir narsani aytmoqchiman: PFL haqida ortiq yozmoqchi emasman. Menga shunisi malumki, hozirgi rahbariyat ostidagi bu tashkilot o'z xatolarini tan olmaydi va uni yaxshi tarafga o'zgartirmaydi. Ammo bu hatto asosiysi ham emas, hozirgi vaziyat aftidan barchani qoniqtiryapti shekilli. Sentyabrda Liga rahbarligi uchun saylovlar bo'lishi vada qilingan edi, ammo yanvarga kelib hamma bu haqda unutib yubordi. Klublar chetlarda g'azablanishmoqda, ammo jamoat oldida jimlar. Jurnalistlar kamchilikni payqamay, maqtashni afzal bilishmoqda. Agar barchasi hammani qoniqtirayotgan bo'lsa, nega bu meni xavotirga solishi kerak?!




Fikrlarim asossiz bo'lmasligi uchun. Mana sizga PFL saytidan "skrin". Hujjatlar bo'limidan 2020 yilning birorta hujjatini topa olmaysiz. Ammo 2016 va 2017 yillarda Liga direktori Farhod Magametov bo'lgan paytidagi hujjatlar bor. Uni ham tanqid qilganman va hozir ham bundan afsuslanmayman. Ammo Magametov bilan ikki futbol mutaxassisi o'rtasida normal bahslar bo'lgan. Bozorcha bahslarda qatnashish, tanqidga javoban oila azolarini qo'shish va shunchaki tuxmat qilish, bu menga xos emas.

Hozirgi bosh direktor vazifasini bajaruvchisi uni boshqarayotgan vaqtda PFL haqida yozishni umuman to'xtataman. Unga 2030 yilgacha bu lavozimda ishlash nasib etsin", - deb yozadi Alisher Nikimbaev telegramdagi o'z kanalida.

Reyting: +47   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика