So’nggi yangiliklar

00:04АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Сити" баҳси асосий таркиблари маълум!  4 23:56"Атлетик" — "Реал". Беллингем, Мбаппе ва Родриго асосий таркибда  0 23:32АПЛ. "Манчестер Сити", "Ливерпуль" ва "Челси" жамоалари иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари билан танишинг  1 23:15Озарбайжон кубоги. "Сумқайит" кейинги босқичга чиқди, Жалолиддинов 120 дақиқа ҳаракат қилди  0 22:54ОЧЛ-2. "Насаф" навбатдаги мағлубиятини қабул қилиб олиб, мусобақани тарк этди  116 22:34"Байер" Вирцнинг нархини белгилади  2 21:40АПЛ тўртта топ клуби Испания терма жамоаси юлдузига қизиқмоқда  1 20:47"Боруссия Д" қишда Маленни қўйиб юборишга тайёр  0 20:18"Шабаб Ал Аҳли" — "Насаф". Таркиблар маълум  8 19:54Илёс Қурбонов: "Қаршида ўйнаб қайтганимиз сабабли тайёргарлик кўриш учун бизда 1 кун вақт бўлди"  5 19:45Баҳром Ҳайдаров: "Суперлига ва Про лига жамоалари ўртасидаги фарқ сезилмади"  9 19:31Суперлига учун ўтиш ўйини. "Қўқон-1912" – "Металлург" 1:1. Highlights  1 19:17ФИФА ЖЧ-2034 саналарини белгилашда қийналмоқда  5 18:54"Қўқон-1912" пенальтилар сериясига кўра "Металлург"ни мағлубиятга учратиб, Суперлигага йўл олди. Дарвозабон Азизхон Исақов – қаҳрамон!  97 18:28"Бавария" хавбекига рекорд даражадаги шартномани таклиф қилишга тайёр  1

Alisher Nikimbaev jahon chempionatidagi komissarlik faoliyati, yoshlar terma jamoamizning imkoniyati va O'zbekistonning mundialga mezbonligiga nima to'sqinlik qilishi haqida fikr bildirdi Yangiliklar

Alisher Nikimbaev jahon chempionatidagi komissarlik faoliyati, yoshlar terma jamoamizning imkoniyati va O'zbekistonning mundialga mezbonligiga nima to'sqinlik qilishi haqida fikr bildirdi

Ayni vaqtda Argentinada o'tkazilayotgan U-20 jahon chempionatida komissar sifatida faoliyat olib borayotgan futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev saytimizga intervyu berdi.

— Ayni vaqtda Argentinada o'tkazilayotgan 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi jahon chempionatida komissar sifatida faoliyat olib bormoqdasiz. Ushbu lavozimning ishonib topshirilishida Qatarda o'tkazilgan mundialdagi xizmatlaringizning ham o'rni bormi?

— Albatta, FIFA bilan oxirgi to'rt yilda juda yaqin ishlaganman. Jahon chempionatining tashkiliy qo'mitasiga rasman 2021 yilning iyun oyida kelgan bo'lsam, deyarli ikki yil xalqaro muassasa bilan hamkorlikda ishlaganman. Undan avval ham 2019 yil Qatarda Klublar o'rtasidagi jahon chempionati, 2021 yilning fevralida ikkinchi turnirni qabul qilganmiz. O'sha yil Arab kubogi ham o'tkazilgan. SHuni inobatga olib, ushbu turnirga komissar sifatida taklif qilishdi.

— Ushbu turnirda Osiyodan yagona vakilimisiz?

— Yo'q, Osiyodan ikki kishi faoliyat yurityapmiz. Hamkasbim Mendozadagi bellashuvlarga masul hisoblanadi. Aslida, meni u erga jo'natishlari kerak edi, biroq o'zgaritirishlar bo'lib qoldi. SHu bois, meni Santyago del Esteroga yuborishdi. O'zbekistonlik bo'lganim bilan bunga katta etibor berishgani yo'q. CHunki ushbu shaharda o'ntacha o'yin o'tkazilsa, ulardan faqat uchtasida O'zbekiston ishtirok etadi. 

— Bir mamlakat vakilining o'sha yurt terma jamoasi ishtirokidagi o'yinga tayinlanishi to'g'rimi?

— Bu katta muammo emas. OFKda komissarlar juda ko'p ish bajaradi. FIFAda esa boshqacharoq. Men ushbu shaharga Buenos-Ayres orqali turnir boshlanishidan bir kun ilgari etib keldim. Bu erda asosiy ishlarni boshqa odamlar qilishadi, masalan, musobaqalar o'tkazish uchun masul direktor bor. U qo'shni mamlakat — Qirg'iz Respublikasidan Pavel Luzanov. Ular sal ertaroq, o'n kun oldin tashrif buyurishgan. Uchrashuvning asosiy tashkiliy masalalari ularning zimmasiga yuklatilgan. Komissarning ishi, asosan, o'yinni nazorat qilish, qandaydir muammolar yuzaga kelgan taqdirda hisobot topshirish va rasmiylashtirish hisoblanadi. Muammo yuzaga kelib, ish Tartib-intizom qo'mitasiga yuborilganda, komissar hisobotisiz qabul qilmaydi. Birinchi navbatda, hisobotda nima yozilgan deb so'rashadi. Masalan, o'yinda janjal sodir bo'lib, qaysidir futbolchilar urishib qolsa, hakam bilan bir navbatda, komissar ham qayd etishi lozim. SHuningdek, jamoalarda marketing bo'yicha savollar yuzaga kelgandi. Bu ham men orqali qo'mitaga jo'natilmoqda. Agarda bildirishnomalar reglamentga mos kelmasa, hisobotlarga asoslanib qaror qabul qiladi. 

— Argentinani futbol mamlakatlaridan biri sifatida tasavvur qilardik. Biroq mundial shukuhini mamlakatda his qilmayapmiz. Stadion va uning atrofida kamchiliklar ko'zga tashlanmoqda. Mutaxassis sifatida bunga qanday baho bera olasiz?

— Ilk navbatda shuni bilish lozimki, ushbu turnir mezbonligi Argentinaga bir-bir yarim oy avval taqdim etilgan. Mamlakatda musobaqani o'tkazishga tayyorgarlik uchun vaqt bo'lmadi. Ikkinchidan, mahalliy chempionat bahslari to'xtatilmadi. SHu bois, yirik stadionlar professional jamoalarga qoldirildi. Jahon chempionati uchun Santyago del Estero singari kichik shaharlar tanlangan. Bu erga uchib kelishning o'zi katta muammo sanaladi. To'g'ridan-to'g'ri reyslar juda kam. Faqatgina Buenos-Ayres aeroporti orqali kelish mumkin. Argentina va Yangi Zelandiya uchinchi tur o'yinlarini boshqa shaharda o'tkazadi. Bu ham muammo. CHunki San-Xuanga to'g'ridan-to'g'ri reys yo'q. Buning uchun mamlakat poytaxtiga borishga to'g'ri keladi. Menimcha, yuqorida tilga olingan ikki jamoa uchun charter-reys tashkil etilgan. Agarda mundial Indoneziyada o'tkazilganda, boshqacha sharoitga duch kelishimiz mumkin edi. CHunki mazkur davlat turnirga to'rt yil tayyorgarlik ko'rgandi. Argentinaga mezbonlik taqdim etilganda esa kam vaqt qolgandi. Bunga ham etibor berish lozim.

— Bevosita O'zbekiston yoshlar terma jamoasining o'yinlarini ham kuzatayotgan bo'lsangiz kerak. Yurtdoshlarimizning ikki o'yinidan keyingi xulosangiz qanday?

— O'zbekistonda hamon pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritish imkoniyati mavjud. Gvatemala mag'lub etilsa, jamoa hatto ikkinchi o'rin bilan ham guruhdan chiqishi mumkin. Lekin ushbu raqib ustidan g'alaba qozonsa bo'ladi. O'zbekistonning ikki o'yinida ham bir narsa kuzatildi — vaziyat yuzaga kelyapti, ammo gol urish mahorati, shuningdek, xotirjamlik etishmayapti. Jamoaning o'yin uslubi yomonmas. Hozir hamma narsani unutib, yigitlar oxirgi o'yinda bor kuchini namoyish etgan holda guruhdan chiqish uchun harakat qilishi lozim. 

— Osiyo chempioni bo'lgan jamoa bilan jahon chempionatida ishtirok etayotgan jamoa o'rtasida qanday farq sezdingiz?

— Katta farq ko'rganim yo'q, chunki qita musobaqasi yakunlanganiga ko'p vaqt o'tmadi. Aslini olganda, turnir tarixida ilk bor Osiyo kubogi bilan jahon chempionati bir yilda o'tkazilmoqda. Avval esa kamida yarim yildan bir yilgacha tanaffus bo'lardi. Masalan, yoshlar o'rtasidagi 2002 yilgi Osiyo kubogi oktyabr oyida tashkil etilgan bo'lsa, jahon chempionati kelgusi yilning noyabr-dekabr oylarida o'tkazilgan. Mundialgacha tarkib ham o'zgargan. Hozir esa ikki musobaqa o'rtasida ko'p vaqt o'tmadi. Bu ham pand berayotgan bo'lishi mumkin. Balki bazi futbolchilarda Osiyo kubogidagi chempionlik hissiyotini tark etmagandir. O'yin uslubi esa o'sha-o'sha. Osiyo kubogi davomida ham O'zbekiston ko'p gol urmadi. Faqatgina to'p o'tkazmasdan yoki penaltilar seriyasiga ko'ra g'alaba qozongan. Jahon chempionatida esa gol o'tkazib yubormoqda. Yangi Zelandiyaga qarshi o'yinda uzoqdan gollar o'tkazib yubormaganimizda, bemalol zafar quchishimiz mumkin edi. Asosiy farq shu. 

— U-20 jahon chempionati mezbonligidan Indoneziya mahrul qilinganligi bilan bir qatorda, U-17 jahon chempionati Perudan olib qo'yildi. Mamlakatimizning ushbu musobaqa mezbonligini qabul qilishi uchun imkoniyatlari etarlimi?

— Asosiy muammo — maydon. Sifatli va son jihatdan etarli bo'lgan asosiy va mashg'ulot maydonlari mavjud bo'lishi kerak. Qolaversa, 17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi jahon chempionati, odatda, oktyabr-noyabr oylarida o'tkazilmoqda. Bu safar noyabr-dekabr oylariga ko'chirildi. Ob-havo tarafdan bu ham O'zbekiston uchun noqulaylik tug'diradi. Hozirgi kundagi asosiy muammo esa — futbol infrastrukturasi. CHunki 24 ta jamoa uchun 24 ta maydon bo'lishi kerak. Menimcha, O'zbekistonda buncha mashg'ulot maydoni yo'q. Bilishimcha, Osiyo kubogida ham bu borada muammolar yuzaga kelgan. Ushbu muammo hal etilgach, mamlakat jahon chempionatini qabul qilsa bo'ladi. CHunki mehmonxonalar ko'paymoqda. Stadionlar ham talablarga javob bersa kerak.


Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика