So’nggi yangiliklar

10:12Goal АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши ҳужумчисини эълон қилди  1 09:45Sofascore. Алиқулов энг яхшиларидан бири бўлди  0 09:18Сентябр-октябрь ойидаги ФИФА кунларига ўзгартириш киритилди. Қарор келаси йилдан кучга киради   1 08:51Ҳусанов рамзий термадан жой олди  2 08:23Пролига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0 07:55"Ал Аҳли" бош мураббийи: Биринчи бўлимда яхши ўйнашимизга тўсқинлик қилган сабаблар кўп"   7 07:28Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 07:25Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 4:2  3 02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  15 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  33 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  421 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  9 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0

Alisher Nikimbaev: "Ermatov O'FAga kelganiga bir yil bo'ldi, afsuski haligacha o'z jamoasini shakllantira olmadi" Yangiliklar

Alisher Nikimbaev: "Ermatov O'FAga kelganiga bir yil bo'ldi, afsuski haligacha o'z jamoasini shakllantira olmadi"

2019 yil 14 iyun kuni O'FA rahbariyatida o'zgarish sodir bo'lgan edi.

O'FA Ijroqo'm yig'ilishida Ravshan Ermatov O'FA Birinchi vice prezidenti etib saylangandi.

"Bugun Ravshan Ermatov O'FA Birinchi vice-prezidenti etib tayinlanganiga bir yil bo'ldi. Hakamik faoliyatini yakunlaganiga ham bir yil bo'ldi desak bo'ladi. Yorqin, voqealarga to'la o'tgan faoliyat bunday yakunlanishi kerak emasdi.

Biroq bir yil oldin Ermatov bu qadamni qo'ydi, chunki "Vatan buyurdi". U jamoatchilik uchun shaxsiy faoliyatini qurbon qildi. Ko'pchiligimiz bunday qaror qabul qila olmaymiz. Ravshan Ermatov bunga qodir ekan.

Albatta bularning barchasi oddiy joyda bo'lgani yo'q. O'FAda o'sha paytda "kuchli bo'ron" bo'layotgandi. Bu "bo'ron" 2019 yilda emas, 2017 yilda ham emas undan oldinroq boshlangandi. Vaziyatni faqat keskin va nostandart qaror qutqarishi mumkin edi. Hamda hokimiyat idoralaridagi qaysidir kabinetda dunyoning eng yaxshi hakami obro'si bu najot degan qarorga kelishgandi.

Ammo Ermatovning futbol maydonidan darhol Birinchi vice-prezidenti kursisiga o'tishi natija berishi qiyin edi. Futbolni rivojlantirish hech qachon, hatto eng istedodli odamning yutug'i bo'lmagan bo'lmaydi ham. Ermatovga jamoa kerak edi, afsuski hozirga qadar u oxirigacha bu jamoani shakllantira olmadi. Yil davomida kadrlar borasida bir nechta xatoga yo'l qo'yildi. Ammo Ermatovni bu xatolar uchun keskin ayblab bo'lmaydi. Uning kabinetda ishlash tajribasi yo'q edi. Ammo shunga qaramay Ermatov o'z jamoasiga O'FAga munosib bo'lgan o'z jamoasini olib kela oldi. Bir yarim yil avval oldingi rahbariyat ideologlari PFL va O'FA tashqarisida hech qanday mutaxassis yo'q deb aytishgandi. Ermatov bunday emasligini va yurtimiz futbolida mutaxassislar etarli ekanini ko'rsatdi.

Ortda qolgan 366 kun davomida Ermatov hamma ishni qila olmadi albatta. PFLda hech qanday islohot yo'q, u erda birgina direktorni o'zgartirish bilan ish muammoni hal qilib bo'lmaydi. Bu tashkilot o'zgarishlarga muhtoj. Ammo u erda boshqalarning logotiplarini o'g'rilaydigan, FIFA talablariga zid bo'lgan reglamentlarni yozadigan kollektiv tufayli islohot o'tkazib bo'lmayapti.

Ammo Ermatov viloyat futbol Federaciyalari muammolariga etibor qaratishga, xalqaro tashkilotlarda O'FAga nisbatan hurmatni qaytarishga, terma jamoalar boshqaruv tizimini o'zgartirishga muvaffaq bo'ldi.

Bir yil ichida barcha muammolarni hal qilib bo'lmaydi. Nimadir o'xshadi, nimadir hatto yomonlashdi. Nima noto'g'ri qilinganini tushunish va oldinga intilishda davom etish kerak", - deb yozadi Alisher Nikimbaev telegramdagi o'z kanalida.


Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика