So’nggi yangiliklar

22:13Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги сонияларда урилган гол эвазига "Бухоро"ни мағлуб этди  9 22:08Отабек Нарзуллаев: "Андижон"га қарши ҳужум тактикада ўйнамасак бўлмасди"  0 21:43Таҳлил. "Қўқон-1912" уйғоняптими?  1 21:32Баҳром Ҳайдаров: "Тезкор голдан сўнг хато қилишга қўрқиб ўйнадик"  0 21:01Февзи Давлетов: "Бунёдкор" билан ўйинда кўп энергия йўқотдик, "Қўқон-1912"да тикланиш учун кўпроқ вақт бўлди"  1 21:00Суперлига. "Андижон" сафарда "Машъал"га ютқазди  68 20:49"Ал Васл" — "Бани Яс". Таркиблар маълум  1 20:33"Шарлеруа" — "Антверпен". Таркиблар маълум  0 20:04АПЛ. "Челси" ва "Кристал Пэлас" ўртасидаги Лондон дербиси нурсиз дуранг билан якунланди  16 19:55Суперлига. "Қўқон-1912" ўз майдонида "Сурхон"ни ишончли ҳисобда енгди  8 19:34"Манчестер Юнайтед" — "Арсенал". Таркиблар маълум  17 18:41Расмус Хойлундга Германиядан даъвогар пайдо бўлди  0 17:43ПСЖ футболчиси АПЛ клуби сафига ўтди  1 16:36"Манчестер Сити" Родриго бўйича қарор қабул қилди  6 16:04ПСЖ форварди АПЛга йўл олиши мумкин  0

Alisher Nikimbaev: "Ermatov masuliyati va qiyinchiliklarini tasavvur qilyapman" Yangiliklar

Alisher Nikimbaev: "Ermatov masuliyati va qiyinchiliklarini tasavvur qilyapman"

Taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev o'z Telegram kanalida FIFA hakami Ravshan Ermatov va "Milan" afsonasi Zvonimir Boban haqida fikr bildirdi.

"Ravshan Ermatov va Zvonimir Boban. Jahonga mashhur hakam va futbolchi. Kecha ularning hayotida katta o'zgarish yuz berdi. Ularni faqatgina o'zgarish ro'y bergan vaqt birlashtirmaydi. Boban FIFA bosh kotibi o'rinbosari lavozimini tark etdi va "Milan"ning bosh direktoriga aylandi.

Ermatov esa kecha O'zbekiston futbol associaciyasining vaqtinchalik vice-prezidenti etib saylandi.

Ularning ikkisi ham minglab insonlar orzu qiladigan ishdan voz kechishdi. Boban o'zi futbol yulduziga aylangan klubga qaytdi. Ermatov milliy futbolimizni rivojlantirish masuliyatini o'z bo'yniga oldi.

Boban dunyo futbol tashkilotining uchinchi darajali rahbarlaridan biri edi. Ammo sevimli klubiga qaytish uchun bu mansabdan voz kechdi. Ermatov o'zining to'rtinchi jahon chempionatiga - jahon futboli tarixidagi rekordiga intilayotgan edi, biroq yangi ishi uchun u hakamlik faoliyatini muddatidan avval yakunlaydigan bo'ldi.

Men "Milan" muxlisi emasman, shu sababli Boban qanday qiyinchiliklarni boshdan kechirishini bilmayman. Ammo Ermatov yangi vazifasining masuliyati va qiyinchiliklarini tasavvur qilyapman.

Ikki yil avval o'zbek futboli katta tamirlashga muhtoj edi, bugun uni qaytadan boshlashga to'g'ri keladi. Vazifa qiyin, biroq uddalsa bo'ladi. Asosiysi, Ermatov oldida turgan vazifalarni juda yaxshi tushunadi. U aynan nimani almashtirish kerakligini biladi. SHu bilan birga, u milliy futbolimiz ravnaqi yo'lida ishlashga tayyor va qodir bo'lgan mutaxassislar etarlicha ekanidan xabardor. Yana bir muhim narsa: Ermatovda O'zbekiston futbol jamoatchiligi ishonchi bor, bu unga yangi ishda yordam berishi kerak" - deb yozadi Nikimbaev.

Reyting: +51   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика