So’nggi yangiliklar

20:05Ислом Исмоилов: "Финалларда тактикадан кўра футболчиларнинг характери юқори планга чиқади"  0 19:45ОПЛ. "Сабаҳ" бу сафар рақибига жавобсиз 5 та гол урди  0 19:10Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)  9 18:50ЎзФҲМ йиғилиши: икки ўйинда қизил карточка кўрсатилиши керак эди  9 18:27"Аркадағ" кетма-кет иккинчи йил Туркманистон кубоги соҳибига айланди  12 18:15Дунёдаги энг йирик кўча футболи чемпионати яна Ўзбекистонда  1 18:00"Металлург" назорат баҳсида "Гулистон"ни мағлуб этди  0 17:45"Барса" Гави тиззасидан олган жароҳатидан сўнг сафга қайтганини эълон қилди. Хавбек август ойидан бери ўйнамади  9 17:05Ўзбекистон Суперкубоги: дебютант “Нефтчи” саккизинчи жамоа, рекорд “Пахтакор”да  6 16:49"Футбол олами". 3-турдаёқ илк истеъфо  0 16:29Аёллар ўртасидаги Осиё кубоги. Ўзбекистон чорак финалда Жанубий Кореяга йирик ҳисобда мағлуб бўлди  14 15:35Ўзбекистон Суперкубоги–2026: Бердиев рекордчи, рўйхатда хорижлик мураббийлар ҳам бор  2 14:50Ким Мин Же "Бавария"ни А Серия топ клубига алмаштириши мумкин  1 14:28Ўзбекистон Суперкубоги. Тарихдаги илк учрашув ва қолган тўқнашувларда қандай натижалар қайд этилган? Кимлар майдонга тушган?  2 13:36"Интер" Саудия Арабистонидаги ўйинчига кўз тикди  1

Alisher Aminov: "O'zbekiston futbol federaciyasi oldida ikkita yo'l qolgan" (matn+video) Yangiliklar

Alisher Aminov: "O'zbekiston futbol federaciyasi oldida ikkita yo'l qolgan" (matn+video)

Teglar :  O'FFAlisher Aminov
Kecha Toshkentdagi "Radisson BLU" mehmonxonasining konferenciyalar zalida "O'zbekistonda sport tashkilotlarini boshqarish va jahon tajribasi" mavzusida konferenciya tashkil etildi.

Konferenciya mehmonlaridan biri, iqtisod fanlari nomzodi, "Huquqiy tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash xalqaro fondi" vice-prezidenti Alisher Aminov maruza qilib, o'zbek futbolining hozirgi holati xususida o'z fikrlarini bildirdi. Maruza davomida A.Aminov futbolimizning og'riqli nuqtalari haqida ham to'xtalib o'tdi. 

SHuni aytish lozim, Alisher Aminov futbol jurnalistlari uchun nomalum kishi emas. U kishining o'zbek futboli haqida rus matbuotiga bergan bir nechta intervyularini o'qiganmiz. 

"Men o'zbek futboli haqida istalgancha gapirishim mumkin. Lekin bu foyda beradimi? Foyda berishi mumkin, qachonki o'zbek futbolida o'zgarishlar yuz bersa" - deydi Alisher Anatolevich. 

"Tunov kuni O'zbekiston - Janubiy Koreya o'yinini ko'rish uchun stadionga bordim. Muxlislar stadiondan xafa bo'lib chiqib ketdi. Nima uchun? CHunki O'zbekiston terma jamoasi jahon chempionatiga chiqa olmadi. O'zbekiston aholisining 70 foizi futbolga befarq emas, garchi hammayam stadionga bormayotgan bo'lsa-da. Terma jamoa hammaning tabini xira qildi".

"Keyinroq 12 sentyabr kuni O'FF prezidentligi uchun saylov bo'lishi haqida eshitdim. Saylov bo'ladi, lekin nomzodlar hali elon qilinmagan. Bu esa meni hayron qoldirdi. Qani saylovda o'z nomzodini qo'yadigan odamlar? Qani ularning saylovoldi dasturi? Futbolga bunday munosabatni ko'rar ekansan, federaciya oldida ikkita yo'l qolganini anglab etasan. Birinchisi, futbolni chuqur tushunadigan soha egalarini ishga jalb qilish orqali to'g'ri yo'lga kirib olish, ikkinchisi, hozirgacha davom etib kelgan yo'ldan yurib oxir-oqibat boshi berk ko'chaga kirib qolish". 

"Men Birodar Abduraimovdan ham O'FF prezidentligiga nomzodlar haqida so'radim, ammo u kishi bilmayman dedi. Futbolni hammamiz yaxshi ko'ramiz. Lekin hamma har xil yaxshi ko'radi. Kimdir futbolga o'yinchoq sifatida qaraydi, kimdir uchun ikkinchi darajali ish... Hozirgi o'zbek futboli borayotgan yo'l to'g'rimi? Bu haqda istalgancha bahslashish mumkin, shu bois bu mavzu ikki og'iz gap bilan to'xtab qolmaydi". 

Malumot uchun, Alisher Aminov 1962 yil Toshkentda tug'ilgan. Lekin hozirda Rossiyada istiqomat qiladi. U 2010, 2012 yillarda RFI (Rossiya futbol ittifoqi) prezidentligi uchun o'z nomzodini qo'ygan.

X.Xoliqov


TAS-IX



TAS-IX emas


Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика