So’nggi yangiliklar

15:54⚡️"Пахтакор" собиқ футболчисини ортга қайтарди  1 15:29Шерзод Жўраев: “Қайси йўналишда бўлса ҳам “Навбаҳор” муваффақиятларига ҳисса қўшиш мен учун шараф”  0 15:06"Пахтакор"нинг икки етакчиси чет элга йўл олишни рад этиб, клубда қолишга қарор қилди  9 14:10"Ливерпул"га Родриго қизиқ. "Реал" вингери трансфери Диас кетган тақдирдагина амалга ошади  3 13:20Аббос Файзуллаев ҳам "Истанбул Башакшеҳир"га трансфер қилинадими? Шомуродов бу саволга жавоб берди  10 13:05Суперлига-2025. Биринчи даврадаги энг яхши 10 та трансфер  0 12:25Месси 6 ўйинда 11 та гол уриб, МЛСнинг 7 йиллик рекордини ўрнатди  40 11:35Нкунку "Челси"ни тарк этади?!  2 11:07МЮ “Реал“ футболчига 90 миллион таклиф қилди  5 10:43“Реал Мадрид“ни трансфер ойнаси якунига қадар 4 нафар футболчи тарк этиши мумкин  14 10:20Жозе Моуринью “Арсенал“ ҳужумчисини “Фенербахче“га ўтишга кўндирди  1 09:51Биринчи даврани “Локомотив“да ўтказган ҳимоячи ОКМК йиғинига қўшилди  1 09:23МЮнинг асосий дарвозабони узоқ муддатга сафдан чиқди  8 08:54“Шўртан“ сардори Ҳиндистон жамоасига кўчиб ўтди  5 08:25Аббосбек Файзуллаев: “Краснодар“ билан ўйин менинг ЦСКАдаги охирги ўйиним бўлганми ёки йўқлигини ўзим ҳам билмайман“  11

Alisher Ahmedov: Maldivga qaytishni afzal bildim Yangiliklar

Alisher Ahmedov: Maldivga qaytishni afzal bildim

O'tgan yili Nyu Radiant klubi tarkibida Maldiv chempioni bo'lgan ham-yurtimiz Alisher Ahmedov deyarli bir yillik tanaffusdan so'ng faoliyatini yana ushbu mamlakatda davom ettiradi.

 Tajribali posbon o'zi uchun jonajon bo'lib qolgan Nyu Radiaant klubi bilan shartnoma imzoladi. 28 avgust kuni Alisher Maldivga jo'nab ketdi. Ungacha Ahmedov 1-liga vakili - Toshkentning Oq-tepa jamoasi tarkibida o'ynab kelayotgandi. Biz safar arafasida darvozabondan intervyu oldik.

- Alisher, O'zbekistonga qaytganingizdan so'ng ancha vaqt klublarimizga moslasha olmadingiz. Buning sabablari nimada deb o'ylaysiz?


- Bilasizmi, aslida, mavsumni Gruziya chempioni safida boshlashim kerak edi. Hattoki, Dila Gori klubi bilan shartnoma imzolashga ham ulgurgandim. Lekin kutilmaganda UEFA bu jamoani musobaqalardan chetlatdi. Natijada ayrim futbolchilar qatori men ham klub bilan shartnomani bekor qilishga majbur bo'ldim. SHundan so'ng O'zbekistonga qaytib keldim. Bu orada transfer oynasi yopilgan ekan. SHu bois, oliy liga jamoalari bilan shartnoma imzolash nasib qilmadi. Oxir-oqibat sport formamni ushlab turish maqsadida 1-liga vakili - Toshkentning Oq-tepa klubi sharafini himoya qilib turdim. Yozgi transfer ochilguniga qadar shu jamoada o'ynadim. Bu orada kichik jarohatimni ham davolatib oldim.

- Gruziya klubi bilan qachon aloqaga chiqqan edingiz? Kim orqali gaplashilgandi?


- Mavsum boshida agentlarim muzokara o'tkazishgandi. Fevral oyida chaqirishdi. Gruziyaga bordim va u erda shartnoma imzoladik.

- Suhbatlarimizning birida yana boshqa variantlar ham bor edi, degandingiz. Sizga qaysi klublar taklif bilan chiqishgandi?


- Ha, takliflar etarlicha bo'lgandi. Ular orasidan Gruziya varianti ko'proq maqul keldi. Jamoa evrokuboklarda ishtirok etardi. SHuni inobatga olib, hech ikkilanishsiz taklifga rozi bo'lgandim.

- Yozgi transfer bozori chog'ida O'zbekistonda qolish varianti bo'lmadimi?


- Albatta, bor edi. Lekin ko'proq xorij klubida o'ynash, shu orqali terma jamoa murabbiylari etiborini tortishni maqsad qilganim uchun oliy liga klublaridan tushgan taklifga rad javobini berdim. SHukrki, menga yana legioner sifatida maydonga tushish baxti nasib etdi.

- Qaysi klubga yo'l olyapsiz?


- Sobiq jamoam - Nyu Radiantga.

- Bu variant qanday paydo bo'ldi?


- Nyu Radiant klubi o'tgan yilgi chempionlikdan keyin ham shartnomani uzaytirish taklifi bilan chiqqandi. Ammo o'sha payt kuchliroq mamlakat chempionatlaridan takliflar bo'layotgani uchun bunga rozilik bermagandim. Keyin yil boshida yana bir bor Maldivga chorlashdi. Gruziyadan chorlov kelgach, bu safar ham maldivliklar taklifiga rozi bo'lmadim. Yaqinda bo'sh qolganimni eshitib, sobiq klubimga chaqirishdi. Jamoasiz yurgan bir paytda yordam qo'lini cho'zishgani uchun ularga minnatdorchilik bildiraman.

- SHartnomani qancha muddatga imzolaysiz?


- Hozircha bir mavsumga.

- Maldivda chempionat boshlanganmi?


- Ha, ikkinchi davra start oldi.

- Demak, mavsum oxirigacha bitim tuzdingiz...


- Hozircha shunday. Lekin klub rahbariyati ikki yillik shartnoma taklif qilyapti.

- Ayni payt Nyu Radiant chempionatda qanday ishtirok etyapti, nechanchi o'rinni egallab turibdi?


- O'zim to'p surgan jamoalarning chempionatdagi ishtiroklarini doimiy ravishda kuzatib boraman. SHu jumladan, Nyu Radiantni ham. Hozircha bu klub kuchli uchlikdan joy olgan. Lekin jamoa oldiga chempionlik unvonini saqlab qolish vazifasi qo'yilgan ekan.

- Siz o'ynagan paytdagi tarkib bilan hozirgisining o'rtasida qanday farq bor ekan? Murabbiylar shtabi o'zgarmaganmi?


- Klub rahbariyatida o'zgarishlar bo'lgan, boshqa murabbiy ish boshlagan. O'tgan yilgi tarkib sezilarli ravishda yangilangan. Taqqoslash uchun, men o'ynagan payt milliy termaning 10 nafar futbolchisi to'p surardi. Hozir esa ulardan bor-yo'g'i 3 nafari qolgan. Aksariyat etakchilar turli klublarga o'tib ketishgan.

- Sizni jamoaning yangi ustozi chaqirdimi?


- Bolgariyalik mutaxassis Yordan Stoykov mavsum avvalida klub boshqaruvini o'z qo'liga olgan. Avvalgi mavsumlarda Maldiv chempionatining bir nechta klublarida faoliyat yuritgan. Tajribali mutaxassis, qolaversa, ajoyib inson. U bilan avval ham ko'rishganman. Rus tilida bemalol gaplasha oladi. Bu tomondan menga foyda bo'ladi. Internet orqali gaplashdik. O'yinim yoqishini va o'z jamoasi safida ko'rishdan xursand bo'lishini aytdi. Maqtanishga yo'ymangu, muxlislarning xohishiga binoan ham Maldivga qaytyapman.

- SHartnoma bandlari bo'yicha o'z talablaringizni ham qo'ydingizmi?


- Yaratib berilayotgan sharoitlar juda yaxshi. Menga maqul kelgani uchun shartnomaga rozilik berdim.

- Qaerda yashaysiz?

- Alohida uy berishdi. O'tgan yili ham shunday bo'lgandi.

- Asosiy tarkibga kirish uchun raqobatga duch kelishingiz aniq. CHunki mavsumning o'rtasida bor-yapsiz. Bunga tayyormisiz?


- Albatta, har bir professional klubda raqobat bo'ladi. Aks holda, o'sish kuzatilmaydi. Bunga tayyorman. Eng muhimi, bosh murabbiyning o'zi ishonch bildirib, jamoaga taklif qildi. Yordamimga ehtiyoj sezayotganliklarini aytdi.

- Maldivga qachon jo'nab ketasiz?


- 28 avgust kuni (suhbat 26 av-gustda bo'lgan).

- SHartnomaga borganingizdan keyin imzo chekasizmi?


- Yo'q, bitim tuzib bo'lingan.

K.ALIMOV suhbatlashdi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика