So’nggi yangiliklar

17:12Артета: "Дарвозани дахлсиз сақлаганимиздан жуда хурсандмиз"  0 16:44Расман: Шукуров БАА клубига ўтди  5 16:14Конте: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтирди"  2 16:08Каннаваро тайинлови: пиарми ёки стратегик қарор?  21 15:45Гвардиола: "90 дақиқа Родри учун оғир синов бўларди"  0 15:19Элит ОЧЛ. 2-тур якунлари  0 14:58Де Йонг: "ПСЖ иккинчи бўлимда "Барселона"дан кучлироқ эди"  1 14:30Манба: Каннаваро Уругвайга қарши ўйинда Ўзбекистон терма жамоасида дебют қилиши мумкин  54 14:14ЖЧ-2026 финалига энг қиммат чипталар 6730, энг арзони эса 2030 доллар туради. Гуруҳ босқичи учун нархлар ҳам маълум  1 13:45"Рома" ҳужумчисига янги шартнома тайёрламоқда  1 13:17"Манчестер Юнайтед" Роналдунинг "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнамоқчи  1 12:49"Барселона" "Челси"нинг Фермин Лопесга бўлган қизиқишига изоҳ берди  3 12:25U-23 Осиё кубоги финал босқичига қуръа ташланди. Ўзбекистон Корея Республикаси ва Эрон билан бир гуруҳда  22 12:15Бир қанча футбол федерациялари исроилликларни четлаштиришни талаб қилмоқда  5 11:41Расман: Ўзбекистон МТЖ 9 октябрь куни қайси термага қарши ўйнаши маълум  7

Alibobo Rahmatullaev: “G'alaba qozonishimiz shart edi” Yangiliklar

Alibobo Rahmatullaev: “G'alaba qozonishimiz shart edi”

“Navbahor” jamoasini “Cementchi” maydonidan g'alaba bilan qaytishi va kubokda keyingi bosqichga chiqishida “lochinlar” vakili Alibobo Rahmatullaevni ham hissasi katta bo'ldi.

Zaxiradan maydonga tushgan Rahmatullaev mezbonlar darvozasiga ikkinchi golni urishga erishdi. Aynan shu gol yakunda muhim ahamiyatga egaligi bilan yodda qoldi:

- Barchaga malumki, kubok uchrashuvlarida har qanday jamoa ham munosib tarzda tayyorgarlik ko'rib ijobiy natijani qayd etish uchun harakat qiladi. “Cementchi” jamoasi ham kubokdagi ajoyib o'yinlari bilan muxlislarni xursand qilishga intilib keladi. Misol uchun quvasoyliklar o'tgan yili “Olmaliq” va “Mashal” klublarini mag'lub etib chorak final yo'l olib, “Paxtakor” bilan o'z maydonida durang o'ynagandi. Aynan shu nuqtai nazardan olib qaraganda “Cementchi” bilan o'tadigan o'yinni qiyin bo'lishini bilardik. Maydon egalari maydonda yaxshi o'yin namoyish etishdi.

Jamoamiz chempionatning dastlabki ikki turida g'alaba qozonmaganligi sababli, Quvasoydan ijobiy natija bilan qaytishimiz shart edi. SHu sababli, bahsga munosib tarzda hozirlik ko'rgandik. Maydonda bor kuchimiz bilan to'p surib, yakunda yutuqni qo'lga kiritdik. Bu orqali klub rahbariyati va muxlislarimiz oldida yuzimiz yorug' bo'ldi, - deydi Rahmatullaev.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика