Aleksey Estafeev: "Birinchi bo'limda hushyorlikni yo'qotib qo'ydik"
21 avg 2024 21:50
Yangiliklar
Aleksey Estafeev: "Birinchi bo'limda hushyorlikni yo'qotib qo'ydik"
O'yin haqida
- "SHo'rtan" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Bugun biz ko'rsatgan o'yinda ko'p jihatlar o'xshamadi. Uchrashuv uchun tayyorlagan rejalarimiz o'xshamadi. CHetlatish ham qaysidir manoda natijaga tasir qildi. Birinchi bo'limda hushyorlikni yo'qotib qo'ydik. Ikkinchi bo'lim uchun yigitlardan minnatdorman. Vaziyatlar yaratdik, raqibga qarshi tura oldik.
- 15 daqiqa ichida jamoangiz 3ta gol o'tkazib yubordi. Buni qanday izoxlaysiz?
- Aytib o'tdim, birinchi bo'limda hushyorlikni yo'qotdik. Ozroq sarosima yuzaga keldi. Yigitlar o'z o'yinlarini topib olguncha raqib jazolab ulgurdi.
- "Do'stlik" 17 ta o'yinda 34 ta gol o'tkazib yubordi. Murabbiy sifatida vaziyatni qanday baholaysiz?
- Gol o'tkazdikmi, demak butun jamoa aybdor. Bunda bir futbolchi, masalan darvozabonning o'zi aybdor bo'lmaydi.
- Jamoani Pro-ligada qolish imkoniyatlari haqida fikringiz?
- Oldindan bir narsa deya olmayman, hammasini mavsum yakunida ko'ramiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar