So’nggi yangiliklar

11:05Ўзбекистон Суперкубоги: “Насаф” энг кўп соврин ютган, “Пахтакор” энг кўп мағлубиятга учраган  1 10:45Макс Доуман кечаги голидан сўнг АПЛ тарихига кирди  0 10:16Финалиссима бўлиши учун Аргентина ўз талабларини қўйди, акс ҳолда...  2 09:41"Машъал" жамоа бош мураббийининг соғлиғи ҳақида маълумот берди  0 09:14Кечаги йирик мағлубиятдан сўнг "Истанбул Башакшехир" устози нималар деди?  1 09:00Ўзбекистон Суперкубоги: томошабинлар рекорди янгиланадими?  7 08:46Кечаги дурангдан сўнг Гвардиола чемпионлик учун кураш ҳақида гапирди  4 08:20Sofascore. "Истанбул Башакшехир" йирик ҳисобда мағлуб бўлган баҳсда Шомуродов неча баҳо олди?  0 07:53Sofascore. "Манчестер Сити" дуранг ўйнаган баҳсда Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:25Ўзбекистон Суперкубоги. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  13 04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  9 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  14 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  24 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  4

Aleksey Evstafeev: Maqsadimiz bitta – final bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritish Yangiliklar

Aleksey Evstafeev: Maqsadimiz bitta – final bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritish

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksey Evstafeev shogirdlarining musobaqa tayyorgarligi, shuningdek, raqib jamoalar haqidagi fikrlarini jurnalistlar bilan o'rtoqlashdi.
3 oktyabr, payshanba kuni Dohadagi Wyndham Grand Regency mehmonxonasida yoshlar o'rtasidagi 2014 yilgi Osiyo chempionati A saralash guruhida ishtirok etadigan terma jamoa bosh murabbiylari ishtirokidagi matbuot anjumanlari bo'lib o'tdi. Jumladan, O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksey Evstafeev ham mahalliy va xorijlik jurnalistlarning bo'lajak bahslari to'g'risidagi savollariga javob berdi.

Saralash bahslarida ishtirok etayotgan barcha jamoalar kabi, biz ham o'z oldimizga yagona maqsadni qo'ygan holda bu erga kelganmiz – Osiyo chempionati final bosqichini qo'lga kiritish. Ushbu maqsad ro'yobi uchun barcha ishtirokchilar yaxshi tayyorgarlik ko'rgani ham aniq. Biz barcha raqiblarimizni hurmat qilamiz va, ayni vaqtda, barcha uchrashuvlarda g'alaba uchun to'p suramiz. Musobaqa arafasida esa barcha jamoalarning imkoniyatini teng baholagan bo'lardim, - dedi o'zbekistonlik yoshlar ustozi.

Saralashdagi dastlabki o'yinimiz Turkmanistonga qarshi kechadi. Birinchi tur o'yinlarida tomoshabin sifatida ishtirok etishimiz, qaysidir manoda, bizning foydamizga ham ishlaydi – biz Turkmanistonning kamida bitta o'yinini ko'rishga muvaffaq bo'lamiz. SHundan kelib chiqib, 6 oktyabr kuni qanday reja asosida to'p surishimizni yanada aniqlashtirib olamiz, - dedi Evstafeev.

Bizda barcha raqiblarimiz to'g'risida, batafsil bo'lmasa-da, etarli darajada axborotlar bor. Xususan, Hindiston yoshlari terma jamoasi haqida gapiradigan bo'lsam, ularda yaxshi mutaxassis ish olib bormoqda. Kolm Toalni O'zbekistonda ishlagan davrlaridan beri bilaman, bundan tashqari u bilan yoshlar o'rtasidagi 2011 yilgi saralash bahslarida ham to'qnash kelgandik. So'nggi yillarda uning qo'l ostidagi jamoalarning natijalari yaxshilanib bormoqda va ushbu mutaxassis har vaqt jamoalarni yaxshi tayyorlay bilgan, - dedi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi.

Terma jamoa tashkil etilganidan beri, deyarli har oy o'quv-mashg'ulot yig'inlari tashkil etildi. Yig'inlar doirasida bir qator xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazishga ham ulgurdik. Jumladan, mart oyida BAAda tashkil etilgan Emirates Cup musobaqasida ishtirok etib, BAA, Saudiya Arabistoni va Qatar yoshlar terma jamoasiga imkoniyatni boy bergandik. Biroq u vaqtda jamoa endi tashkil etilgani uchun ham, uchrashuvlarda natija muhim bo'lmagan. SHuningdek, sentyabr oyida Yaponiya yoshlariga qarshi Toshkentda ikkita nazorat o'yini o'tkazdik, - deya qo'shimcha qildi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksey Evstafeev.

SHuningdek, 3 oktyabr kuni A saralash guruhida ishtirok etuvchi boshqa terma jamoalarning bosh murabbiylari ham jurnalistlarning savollariga javob berishdi.

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi saralash bosqichi doirasidagi ilk uchrashuvini 6 oktyabr, yakshanba kuni Turkmaniston yoshlariga qarshi o'tkazadi. O'ziga xos O'rta Osiyo derbisida o'zbekistonlik yoshlar ko'k rangli liboslarda harakat qilishadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика