Aleksandr Xomyakov: “Yigitlar g'alabaga bo'lgan ishtiyoqlarini namoyish eta oldilar”
26 jan 2025 08:35
Yangiliklar
Aleksandr Xomyakov: “Yigitlar g'alabaga bo'lgan ishtiyoqlarini namoyish eta oldilar”
“LKS Lodz”ga qarshi (0:0) uchrashuvidan so'ng "burgutlar" bosh murabbiy Aleksandr Xomyakov klub matbuot xizmatiga taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
“Bu mavsum oldi yig'inidagi birinchi uchrashuv bo'ldi. Bellashuvdan yomon tasavvur qolmadi. Menga eng yoqqan tomoni - yigitlar g'alaba qozonishga bo'lgan ishtiyoqlarini namoyish eta oldilar va golga tortadigan vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. To'g'ri, raqib ham shunchaki qarab turmadi va bunday urinishlarni yo'qqa chiqarishga intildi. Muhimi, yigitlardagi intilish. Yana shuni qo'shimcha qilish kerakki, raqib bizdan farqli ravishda o'yin maromini topib bo'lgan, chunki ularda chempionat boshlanib, tanaffus yuzaga kelgan va shundan foydalanish maqsadida ular Turkiyada mavsumning davomiga tayyorgarlik ko'rishga kirishganlar.
Biz murabbiylar o'zaro o'yinimizni endi videoyozuvini birga tomosha qilgach, xato va kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qilamiz. O'yinimiz saviyasini yanada yaxshilab boramiz. Umuman olganda, boshlanishi uchun chakki emas”, - deydi Aleksandr Andreevich, klub matbuot xizmatiga.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar