

APLning 12-turidan o'rin olgan "Emireyts" stadionidagi uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi. Bahsni Jon Bruks boshqarib bordi.
Uchrashuvning 83-daqiqasida "kanonirlar" himoyachisi Yurrien Timber burchak zarbasidan so'ng gol urdi. "Manchester Siti" darvozaboni Janluiji Donnarumma darvozadan chiqishda to'pni ushlab qola olmadi. Shu paytda "kanonirlar" himoyachisi Gabriel tirsagi bilan darvozabonning ensasiga zarba berdi. VAR hakamlari Timberning ehtimoliy qo'l bilan o'ynaganini tekshirishdi, ammo qoidabuzarlikni aniqlashmadi.
Ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan vaqtda Yoshko Gvardiolning bosh bilan yo'llagan zarbasidan so'ng to'p "Arsenal" jarima maydonchasida Viktor Dyokereshning ko'kragi oldida, iyagi ostida turgan qo'liga tegdi. Bruks penalti belgilamadi, VAR hakamlari ham ushbu vaziyatda qoidabuzarlikni ko'rishmadi.
"Manchester Siti" bugungi "Arsenal"ga qarshi uchrashuvda hakamlar tomonidan qabul qilingan qator qarorlardan juda norozi.
Dushanba kuni klub Pro Ref'ga (Angliyada hakamlik uchun mas'ul tashkilot) rasman murojaat qilib, uchrashuvdagi muhim qarorlar, jumladan, maydonda qaror qabul qilish jarayoni va VAR tizimidan foydalanish bo'yicha to'liq izoh berishni so'raydi.
Biz batafsil javob kutib qolamiz hamda klubimiz, futbolchilarimiz va muxlislarimiz manfaatlarini himoya qilishda davom etamiz", – deyiladi klub bayonotida.



