

Eronning Fars News agentligi xabar berishicha, “Persepolis”ning sobiq futbolchisi hamon jarohat asoratlaridan aziyat chekmoqda va optimal jismoniy holatiga qayta olmayapti.
Bir muddat avval jarohat olgan himoyachi hozirda tiklanish jarayonini davom ettirmoqda. Biroq u hali mashg'ulotlarga qaytish va rasmiy uchrashuvlarda ishtirok etish uchun zarur jismoniy holatga kelmagan.
Nashrning yozishicha, Puraliganji davolanishni davom ettirish uchun Qatarga yo'l olishi yoki Eronga qaytishi mumkin. Fars News bunga O'zbekistondagi tibbiy imkoniyatlar va sharoitlar tajribali himoyachining jarohatini davolash uchun etarlicha qulay emasligi mumkinligini sabab qilib ko'rsatgan.
Shu bois futbolchi tiklanish jarayonini davom ettirish uchun maqbulroq variant izlayotgani aytilmoqda.
Shuningdek, agentlik “Paxtakor”da jarohat olgan futbolchilar faqat Puraliganji bilan cheklanmasligini takidlagan. Hozirda jamoaning yana to'rt nafar asosiy tarkib futbolchisi ham jarohat bilan bog'liq muammolarga duch kelgan. Ulardan biri iroqlik yarim himoyachi Bashar Rasan hisoblanadi.
Hozircha Puraliganjining davolanish uchun qaysi mamlakatga yo'l olishi va qachon maydonga qaytishi ma'lum emas.



