So’nggi yangiliklar

15:02Суперлига. "Сурхон" - ОКМК. Асосий таркиблар маълум  1 14:41Дмитрий Ан қирғиз жамоасини бошқаради  0 14:18"Атлетико" футболчиси ЖЧни ўйлаб жамоадан кетмоқчи  2 13:51"Манчестер Сити"нинг ўтмишдаги рекорд трансфери тўртинчи марта ҳибсга олинди  0 13:22"Интер" Милан дербиси олдидан икки футболчисини йўқотди  0 12:50ЖЧ олдидан: "Челси" футболчиси ўзига жамоа қидирмоқда  1 12:22"Барселона" сардори қишда жамоани тарк этиши мумкин  3 11:56"Реал"нинг аргентиналик футболчиси Мастантуоно Ламин Ямаль ҳақида тўхталди  0 11:33"Реал" асосий ўйинчиларидан бири яна жароҳат олди  2 10:58"Арсенал" ўз етакчиси билан янги шартнома имзолашга яқин  0 10:32Ибрагимович Ла Лига, Премьер-лига ва А Серияда ўйнаш ўртасидаги фарқларни тушунтирди  3 10:05Эксперт фикри. Ёрқин Назаров: “Жаҳон чемпионатида музқаймоқ еб келиш эмас, муносиб ўйин кўрсатишимизга умид ва ишонч уйғонди”  6 09:18Роналду Оқ уйга ташрифидан сўнг Трампга мурожаат қилди  18 08:54"Арсенал" асосий футболчиси жиддий жароҳат олди  0 08:30Ўзбекистон МТЖ 9 йилдан сўнг ушбу натижага эришди  17

Aleksandr Xomyakov: "O'yin ancha asabiy kechdi, ammo yakunda ikkinchi davradagi ilk g'alabamizga erishdik" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "O'yin ancha asabiy kechdi, ammo yakunda ikkinchi davradagi ilk g'alabamizga erishdik"

Superliga 22-tur doirasidagi "Andijon" - "Olimpik" o'yinidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— O'yin ancha asabiy ruhda o'tdi. O'yinda hududiy ustunlikka ega bo'ldik, ammo vaziyatlar ko'p bo'ldi deb bo'lmaydi. Ochko kerak edi va g'alabaga erishdik. Buning uchun yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. Barchani g'alaba bilan tabriklayman.



— "Andijon" birinchi bo'limda yaxshi harakat qilmadi. Ikkinchi bo'limda esa g'alaba uchun harakat qildi va bu samarasini berdi. Birinchi taymdayoq bunga intilish mumkin emasmidi?

— Ammo, men ikkinchi bo'limda ham ko'plab hujumlar qildik deya olmayman. Bizda faqat hududiy ustunlik bor edi. Raqibni ham takidlab o'tish kerak. Oldingi "Olimpik" ko'proq uzatmalar bilan o'ynar, boshqacha jamoa edi. Hozirgisi esa mudofaadan o'ynagan holda qarshi hujumlardan umid qilmoqda. Ilk bo'limda ularning mudofaa chizig'ini yorib o'ta olmadik. Arveladzening jarohati va u zaxiraga olinganidan so'ng o'yinimiz buzildi. Rejamiz bor edi, ammo u amalga oshmadi. Ikkinchi bo'limda agressivlik qo'shdik va qarshi hujumlardan hushyor o'ynadik. Ha, yakunda ikkinchi davradagi ilk g'alabamizni qo'lga kiritdik.



Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика