So’nggi yangiliklar

13:51"Манчестер Сити"нинг ўтмишдаги рекорд трансфери тўртинчи марта ҳибсга олинди  0 13:22"Интер" Милан дербиси олдидан икки футболчисини йўқотди  0 12:50ЖЧ олдидан: "Челси" футболчиси ўзига жамоа қидирмоқда  1 12:22"Барселона" сардори қишда жамоани тарк этиши мумкин  3 11:56"Реал"нинг аргентиналик футболчиси Мастантуоно Ламин Ямаль ҳақида тўхталди  0 11:33"Реал" асосий ўйинчиларидан бири яна жароҳат олди  2 10:58"Арсенал" ўз етакчиси билан янги шартнома имзолашга яқин  0 10:32Ибрагимович Ла Лига, Премьер-лига ва А Серияда ўйнаш ўртасидаги фарқларни тушунтирди  3 10:05Эксперт фикри. Ёрқин Назаров: “Жаҳон чемпионатида музқаймоқ еб келиш эмас, муносиб ўйин кўрсатишимизга умид ва ишонч уйғонди”  6 09:18Роналду Оқ уйга ташрифидан сўнг Трампга мурожаат қилди  14 08:54"Арсенал" асосий футболчиси жиддий жароҳат олди  0 08:30Ўзбекистон МТЖ 9 йилдан сўнг ушбу натижага эришди  15 08:03Суперлига. Бугун бизни Марказий учрашув кутмоқда  9 07:36Африка қитъасида йилнинг энг яхшилари аниқланди  2 00:49Артета: "Гвардиола футболчи сифатида менинг қаҳрамоним эди. У билан ишлаш ҳаётимдаги энг тўғри қарорлардан бири бўлди"  1

Aleksandr Xomyakov: "Olti ochkolik o'yin edi. Superligada g'alaba qozona olmayotganimiz meni tashvishga solmoqda" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Olti ochkolik o'yin edi. Superligada g'alaba qozona olmayotganimiz meni tashvishga solmoqda"

Superliga 21-tur doirasidagi "Metallurg" - "Andijon" o'yinidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Olti ochkolik o'yin edi. Hozir bizga har ochko juda zarur, raqib ham huddi shunday holatda. O'yin voqealarga boy bo'ldi deya olmayman. Mening fikrimcha, ikki jamoa ham bugun g'alabaga loyiq o'yin ko'rsatmadi. Jamoamning o'yini haqida gapiradigan bo'lsam, bugun bunday o'yin namoyish etishni reja qilmagandik. Uzoq vaqt davomida chuqur himoyalanishga majbur bo'ldik. Qarshi hujumlarimiz esa xavfli bo'lmadi. Afsuski, yana bir bor chempionat bahslarida g'alaba qozona olmadik, biroq hozirgi holatimizdan kelib chiqib, shuni ayta olamanki, hozir bizga har bir ochko juda qadrli.


- Kubokdagi tarixiy g'alabadan so'ng futbolchilarni bugungi bahsga ruhiy tomonlama tayyorlash qanchalik qiyin bo'ldi?

- Yigitlar chempionatdagi ahvolimizni ko'rib turishibdi. Ular barchasini tushunishmoqda. Bu haqda o'ylagandim, ammo barchasi yaxshi o'tdi. Futbolchilarimdan minnatdorman, bugun ular kurashishdi, lekin bu bizga ochko olib kelmadi.

- Jamoangiz quyi pog'onlarda borayotgani sizni havotirga solmayaptimi?

- G'alaba qozona olmayotganimiz meni tashvifga solmoqda. Bunday muxlislarga ega jamoa ko'proq g'alaba qozonishi kerak. Kubokdagi g'alaba bizning kayfiyatimizga yaxshi tasir o'tkazishi kerak edi. Afsuski, hozir etarlicha yaxshi o'yin namoyish eta olmayapmiz, ayrim bir vaziyatlarda esa omad etishmayapti.

- Oldinda yana beshta uchrashuv bor. Nechta ochko jamoani "o'tish o'yinidan" saqlab qola oladi deb o'ylaysiz?

- Futbolchilar bilan gaplashib olgandik. Biz har bir uchrashuvda maydonga tushib, maksimal imkoniyatlarimizni namoyish etishimiz kerak. Necha ochko to'plashimizning farqi yo'q. 

- Kubokdagi g'alabadan so'ng vada qilingan sovrin pullari futbolchilarga berildimi?

- Albatta. Homiyimizga rahmat, viloyat hokimiga ham minnatdorchilik bildiraman. Ularning qo'llab-quvvatlashi bizga yordam bermoqda.



Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика