So’nggi yangiliklar

11:05Ўзбекистон Суперкубоги: “Насаф” энг кўп соврин ютган, “Пахтакор” энг кўп мағлубиятга учраган  0 10:45Макс Доуман кечаги голидан сўнг АПЛ тарихига кирди  0 10:16Финалиссима бўлиши учун Аргентина ўз талабларини қўйди, акс ҳолда...  2 09:41"Машъал" жамоа бош мураббийининг соғлиғи ҳақида маълумот берди  0 09:14Кечаги йирик мағлубиятдан сўнг "Истанбул Башакшехир" устози нималар деди?  1 09:00Ўзбекистон Суперкубоги: томошабинлар рекорди янгиланадими?  7 08:46Кечаги дурангдан сўнг Гвардиола чемпионлик учун кураш ҳақида гапирди  4 08:20Sofascore. "Истанбул Башакшехир" йирик ҳисобда мағлуб бўлган баҳсда Шомуродов неча баҳо олди?  0 07:53Sofascore. "Манчестер Сити" дуранг ўйнаган баҳсда Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:25Ўзбекистон Суперкубоги. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  12 04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  9 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  14 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  24 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  4

Aleksandr Xomyakov: "Oliy ligaga muddatdan oldin chiqishimizni sezgandim" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Oliy ligaga muddatdan oldin chiqishimizni sezgandim"

Muborakda kechgan “Mashal” – “Kosonsoy” bahsi yakuniga etgach, odatdagidek “gazchilar” bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakovdan intervyu oldik.
-   Aleksandr Andreevich, “Mashal” muddatidan avval oliy ligaga qaytdi va bu bilan sizni tabriklaymiz. “Kosonsoy” bilan kechgan bahs haqida nima deya olasiz?
-   O'yinning birinchi taymi birmuncha yaxshi kechdi. Ammo uchta gol urib olganimizdan so'ng raqibning shashti ancha pasayib ketdi va ikkinchi taym unchalik qiziqarli bo'lmadi. Tanaffusdan so'ng esa yana ikki bor to'p kiritishning uddasidan chiqdik. Qolaversa, bu bahsni yutgan taqdirda oliy ligaga yo'llanma olishimizni bilardik. Mana, birinchilik tugashiga to'rt tur qolganda vazifani bajardik.

-   Navbatdagi uchrashuvlar qanday suratda kechadi? “Mashal” bemalol harakat qilsa kerak?

-   Vazifani bajardik, lekin bu bilan to'xtab qolmoqchi emasmiz. CHunki rahbariyat jamoa oldiga birinchi o'rinni egallash vazifasini qo'ygan. SHu bois qolgan to'rtta uchrashuvda ham faqat maksimal natijani ko'zlab harakat qilamiz.

-   Mavsum boshida “Mashal”ning muddatdan oldin oliy ligaga chiqishini kutganmidingiz?

-   Albatta, kutgandik. Negaki shunga yarasha tayyorgarlik ko'rgandik. Ikkinchi bosqich boshlangach, avgust-sentyabr oylarida hammasi hal bo'ladi deb o'ylagandim, lekin safarda “Oqtepa” va “CHust-Paxtakor”ga imkoniyatni boy berganimiz vazifani uddalash biroz ortga surilishiga sabab bo'ldi. Natijada oktyabr oyiga kelibgina o'z maqsadimizga erishdik.

-   Abbos SHodmonov nima uchundir kam o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda.

-   U jarohatidan yaqinda qutuldi va sekin-asta formasini tiklab boryapti. To'g'ri, o'tgan uchrashuvda u zaxirada qoldi. Bugun esa ikkinchi bo'limda maydonga tushirdim. Umuman olganda, Abbosning o'yini menga yoqadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика