So’nggi yangiliklar

18:20U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон 1/4 финалга чиқса, тўпурарларимиздан бири майдонга туша олмайди  2 18:04Расмий хабар: "Андижон" Максим Шацких билан хайрлашди  14 17:33Трамп: "ЖЧ-2026 мисли кўрилмаган даражада муваффақиятли ўтиши учун барча нарсани ишга солиш ҳақида кўрсатма бердим"  1 17:30U-17 ЖЧ. Италия – Ўзбекистон (матнли трансляция)  76 16:55Украиналик сўконғич мураббий қирғиз клубидан бўшатилди  2 16:07АПЛ клуби Левандовскига шартнома таклиф қилди  5 15:38"Бавария" футболчиси жароҳатдан фориғ бўлди  2 15:11"Манчестер Юнайтед" ҳужумчиси 1 ойни майдон ташқарисида ўтказади  0 14:39"Насаф" "Динамо" етакчисига даъвогарлик қилмоқда  15 14:17"Динамо" назорат ўйинида 7:0 ҳисобида ютди  1 14:14Фабио Каннаваро U-17 ЖЧдаги Ўзбекистон – Италия тўқнашуви ҳақида: "Менинг порлоқ бугуним ва менинг тарихим"  11 13:52Осиё кубоги-2027 саралаши. Тожикистон сафарда йирик ғалабага эришди  3 13:29"Нефтчи": Бугун 10 минг дона чипта сотилди, чунки...  22 12:57Ўзбекистон Австралияни 4:0 ҳисобида ютганини биласизми?  10 12:45Фабио Каннаваро Италиянинг йирик ҳисобдаги мағлубиятига изоҳ бермади  8

Aleksandr Xomyakov: "Dastlabki turlardagi yaxshi natijalar sabab, barcha bizdan muntazam g'alaba kutmoqda" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Dastlabki turlardagi yaxshi natijalar sabab, barcha bizdan muntazam g'alaba kutmoqda"

Superliga 9-turidan o'rin olgan "Olimpik" – "Andijon" (0:0) o'yinidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida qatnashdi

- O'yin haqida

- O'yin emocional va asabiy bo'ldi. Vaziyatlar ko'p bo'lmagan bo'lishi mumkin, ammo bugun zerikarli bahs guvohi bo'ldik deya olmayman. Butun 90 daqiqa davomida hushyor bo'lishni talab etadigan to'qnashuv bo'ldi va jangovar durang qayd etildi.

- Jamoa muxlislari bugun hatto "Olimpik"ni ham mag'lub eta olmading deya o'z etirozlarini bildirishdi. Ular tanqidlariga qanday javob berasiz?

- Ular haq. Muxlislarimiz biz dan har doim g'alaba kutishadi. Biz ham harakat qilmoqdamiz to'g'risi. "Olimpik" olimpiya terma jamoasining asosiy o'zagi va bu jamoani kuchsiz deb hisoblamayman. Raqib ham bugun yaxshi o'yin namoyish etdi va bahs so'ngida golli vaziyat yarata oldi. Muxlislarimizning norozliklarini tushunaman, ammo hozircha natijalarimiz shu

- So'ngi 3-4 uchrashuvda jamoangizning o'yinida pasayish kuzatilmoqda bunga sabab nima?

- Fikringizga qo'shilaman. Dastlabki uchrashuvlarda natijalarimiz yaxshi edi va omad bizga kulib boqdi. May oyida esa 12 ochko yo'qotdik va bor yo'g'i 3 ochko jamg'ardik. Duranglar seriyasi girdobida qolib ketdik. O'yinimizdagi pasayishlarning sababi bir ko'p va bunga bir nechta faktorlar tasir o'tkazmoqda. 8-tur davomida peshqadam bo'lganimiz ham bizga bosim o'tkazdi deya olaman. Lekin yigitlar bor kuchini ishga solishmoqda. Muammolarimiz borligini tan olaman va bularni yashirmayman. Hujumda vaziyatlar yaratish bo'yicha qiynalmoqdamiz. Bizga biroz tajriba etishmayapti, ammo tez orada barchasi o'z o'rniga tushishiga ishonaman.

- Qaysi o'fin jabhalarini kuchaytirish kerak deb o'ylaysiz?

- Tez orada natijaga erishib bo'lmaydi. Men sehrgar emasman. Hujumdagi harakatlarimizda sekinlik bor. Vaziyatlar yaratishda ham muammolarga duch kelmoqdamiz.

- Jamoangizning hujumdagi harakatlaridan koniqmayotganingizni aytdingiz. Jamoa mavsum avvalida uch nafar yosh hujumchini o'z safiga qo'shib olgandi. Yosh futbolchilarga bildirilgan ishonch o'zini oqlamoqdami?

- Klub strategiyasi biroz o'zgardi. Biz hozirgi kunda yosh futbolchilariga ko'proq ishonch bildirishimiz kerak. Xebayni uch nafar yosh futbolchiga almashdik. Yosh futbolchilar ham Rubindek o'ynab ketishiga umid qilamiz. Yosh futbolchilarga ishonch bildirayotganimizning asosiy sababi, klub strategiyasi o'zgarganidan. Mavsum avvalida medallar uchun kurash haqida o'ylamayotgandik. Bizning asosiy vazifamiz yaxshi va stabil jamoa tuzib olish edi. Natijalarimiz yaxshilanganidan so'ng barcha bizdan g'alaba kuta boshladi. Har bir uchrashuvda g'alaba qozonish vazifasini yaxshi bajara olmayapmiz.

- Keyingi uchrashuv "Paxtakor"ga qarshi kechadi. Keyingi bahsda jamoangiz ikki nafar hujumchi bilan o'ynashi mumkinmi? Sababi jamoangiz so'ngi vaqtda kam gol urmoqda.

- Aniq bir javob bera olmayman. Balki shunday ham qilarmiz, ammo aniq javob bera olmayman. Samiev bugun kichik jarohat oldi.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика