Aleksandr Xomyakov: "Bir nechta poziciyalarni kuchaytirishimiz kerak"
05 fev 2024 21:35
Yangiliklar
Aleksandr Xomyakov: "Bir nechta poziciyalarni kuchaytirishimiz kerak"
Dastlab Ruminiyaning “Selimbar” jamoasi bilan 0:0 hisobida durang o'ynaldi. Ikkinchi nazorat uchrashuvida Gruziyaning “Sabultaro” klubiga 1:2 hisobida imkoniyat boy berildi.
Bellashuvlardan keyin “Andijon” bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov klub matbuot xizmatiga o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Dastur bo'yicha ishlamoqdamiz, o'yinlar o'tkazyapmiz. Rosti, boshqacha o'yin kutgandim. Birinchi uchrashuvni yaxshi boshladik. Keyin esa biroz charchab qoldik. Ikkinchi bo'limda ko'proq imkoniyatlar yaratdik, lekin yana xujumlarni yakunlashda muammo bor. Hujumlarsiz o'ynash juda qiyin, albatta.
Ikkinchi o'yinda Gruziya jamoasi kuchliroq edi, ruminlarga qaraganda. Umumiy olganda, yomon o'yin ko'rsatmadik. Gruzin jamoalari doim o'yinlarda xukmronlik qilgan. Birinchi bo'limda katta ustunlikda o'ynashga harakat qildik. Ikkinchi bo'limda himoyadan o'ynadik, ular bundan foydalanib, ikkita gol kiritdi. Asosiy muammo - bu hujumlarning yakuni yo'qligida. Hali vaqt bor, oldin aytganimdek bir qancha poziciyalarni kuchaytirish kerak. Yaqin vaqtlarda amalga oshadi, hujumlarni yakunlovchi o'yinchilarni ko'ramiz, albatta”, - deydi Aleksandr Andreevich.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar