So’nggi yangiliklar

14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  0 13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  3 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  6 12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  8 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  14 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  2 10:43“Ливерпуль“ Диаснинг ўрнига “Реал“ футболчисини олиб келади  9 10:19МЮ яна бир ҳужумчисини сотишга тайёр. Унга А Сериядан таклифлар бор  1 09:56“Ал-Ҳилол” Саудия Арабистони Суперкубогида иштирок этишдан бош тортди  2 09:31Отабек Жўрақўзиев: “Мухлисларимизни Суперлига ва ОЧЛ учрашувларида хурсанд қиламиз”  4 09:05МЮ Ўринбоевнинг жамоадошига қизиқиш билдирмоқда  1

Aleksandr Xomyakov: "Andijon" Turkiyada yig'in o'tkazishni rejalashtirgan" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Andijon" Turkiyada yig'in o'tkazishni rejalashtirgan"

Xabaringiz bor, "Andijon" klubiga rossiyalik Aleksandr Xomyakov bosh murabbiy etib tayinlandi.

Mutaxassisni ilgari ham jamoamizni boshqarganini muxlislar yaxshi eslab qolishgan. 

Aleksandr Andreevich hozirda eng shimarib ishga kirishgan. Bosh murabbiylikka qaytgan Xomyakov dastlabki fikrlari bilan o'rtoqlashdi.



"Ishonchni oqlash uchun maksimal darajada harakat qilaman"

- Birinchi navbatda, viloyat xokimi SHuhratbek Qo'shoqboevich va klub rahbariyatiga menga ishonch bildirgani uchun minnatdorchilik bildiraman. SHuningdek, muxlislarga ham qo'llab-quvvatlashgani uchun rahmat aytaman. Bu taklifni mamnuniyat bilan qabul qildim. Albatta, ularning ishonchini oqlash uchun maksimal darajada harakat qilaman.



"Turkiyada yig'in o'tkazishni reja qilganmiz"

- Albatta, reja asosida ish olib boramiz. Dastlabki yig'inni boshlab oldik. 28 dekabrgacha davom ettiramiz. Keyin yangi yil munosabati bilan qisqa tatilga chiqamiz. So'ng yig'inimizni Dukentda olib boramiz va u erda 14 kunlik yig'in davomida 3 ta nazorat bahsida maydonga tushamiz. Navbatdagi yig'inimizni xorijda Turkiyada o'tkazishni reja qilganmiz. Mavsum oldidan bo'ladigan tayyorgarligimizni qaerda o'tkazishimizni hali aniqlaganimiz yo'q. Bu taqvimdagi birinchi o'yinimizni qaerda boshlashimiz bilan bog'liq.

"Zamonaviy futbolda natija muhim"

- Zamonaviy futbolda natija muhim sanalyapti. Pro ligada ishonchli o'yinlari bilan vazifani bajarishdi. Hozir qanday futbol ko'rsatganini aytish fursati emas. Natijalarni yaxshilash ustida ishlash kerak, chiroyli o'yin unutiladi, natija esa qoladi.



"Kumikov qo'llagan uslubni saqlab qolamiz"

- Viktor Balyutovich tanlagan uslub natija keltirgan bo'lsa, nima uchun yana shu uslub ustida ishlamaymiz? Albatta, ishlaymiz. Jamoa o'zagini, uslubini saqlab qolgan xolda biroz qo'shimchalar ham qilamiz, albatta. Asosiysi, Viktor Balyutovich qo'llagan uslubni saqlab qolamiz, chunki aynan shu yo'nalishda yutdi va g'olib bo'ldi. U kishining tajribalari va uslubi natija beradigan bo'lsa, bundan albatta foydalanamiz.

"Kuchaytirish kerak bo'lgan poziciyalar bor"

- Aytib o'tganimdek, mening vazifam tarkib o'zagini saqlab qolish. To'g'ri, poziciyalar bo'yicha ayrim o'zgarishlar qilish kerak. Bu haqda Viktor Balyutovich bilan ham gaplashib olganmiz. Kuchaytirish kerak bo'lgan poziciyalar bor. Bu qaysi poziciyalar ekanligini ochiqlamayman. Muammo bo'lib turgan poziciyalarimiz bor, ularni jamoaga foydasi tegadigan sifatli o'yinchilar bilan kuchaytirishga harakat qilamiz. Ro'yxatimizdagi legionerlarni bosh direktor Ulug'bek Abdusattorovich bilan maslahatlashamiz. Kerakli poziciyalarga yaxshi saviyadagi legionerlarni olamiz, albatta.

"Muxlislarga yoqadigan futbol namoyish etishga harakat qilamiz"

- Yuqorida aytib o'tganimdek, muxlislarning ishonchini oqlashga va muxlislarga yoqadigan futbol namoyish etishga harakat qilamiz. Futbol bu muxlislar uchun. Buning uchun g'alabali va sifatli o'yinlarimiz bilan xursand qilamiz.

"Nazorat o'yinlari rejalashtirilgan"

- Dekabr oyidagi yig'inda bitta, Dukentdagi yig'inda esa 3 ta nazorat o'yini rejalashtirganmiz. 9, 13 va 17 yanvar kunlariga mo'ljallaganmiz. Sparting-raqiblarni keyinroq aniqlashtiramiz.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика