So’nggi yangiliklar

22:21Фабио Каннаваро: "Сафар энди бошланмоқда, бироқ биз тўғри йўлдамиз"  4 21:51"Бавария" ва "Барса" Гримальдога қизиқиш билдирмоқда  0 21:35Суперлига. "Шўртан" – "Бухоро" 1:1  0 21:09ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон беш поғона юқорилаб, Осиёнинг бешинчи жамоасига айланди  15 20:57Тони Кроос Винисиусни танқид қилди  1 20:36Криштиану Роналду АҚШ президенти Дональд Трамп билан учрашди  10 19:50"Боруссия Дортмунд" форварди уйидан қурол топилди  0 19:28Александр Хомяков: "Бугун ҳаракатнинг ўзи камлик қилди"  1 19:00Италия яна ЖЧ саралашида омадсизликка дуч келди — олдинда ўтиш ўйинлари. Буёғига нима бўлади?   5 18:55Асрор Алиқулов: "Ўз майдонимиздаги охирги ўйинда мухлисларга ғалаба совға қилишни мақсад қилгандик"  0 18:39Globe Soccer Awards талқини бўйича йил мураббийи мукофотига даъвогарлар номи эълон қилинди  0 17:55Суперлига. "Шўртан" ўз уйида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  5 17:44УЕФА "Барселона"га рухсат берди  3 17:27"Гулистон" қайтмоқда. Жамоа иккинчи лигада чемпион бўлди  4 17:24Максим Шацких: “Мухлисларнинг қўллаб-қувватловини доимо ҳис қилиб турдим. Барчага раҳмат”  8

Aleksandr Xomyakov 0:3 hisobidagi mag'lubiyatdan keyin: "Natija adolatli bo'ldi" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov 0:3 hisobidagi mag'lubiyatdan keyin: "Natija adolatli bo'ldi"

Superliganing 17-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Andijon" (3:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- "Nasaf" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. O'yinni ko'rdingiz, tezkor gol o'tkazib yubordik. Keyinroq ikkinchi gol va shundan so'ng o'yin taqdiri hal bo'ldi. Hisob adolatli bo'ldi, biz bugun "Nasaf"ga qarshilik ko'rsata olmadik.

- "Andijon" Superliga birinchi davrasini yaxshi o'tkazgandi. Ikkinchi davrada ketma-ket mag'lubiyatlar. Xatto durang ham yo'q. Sizningcha, buning sababi nimada?

- Sabablarni tahlil qilsak, juda ko'p. Yo'qotishlar, ruhiyat bilan bog'liq muammolar. Ishonchni yo'qotib qo'ydik. Harakat qilayapmiz, lekin natija bermasa, ishonch yo'qolib qolayapti. Davomli muammolar girdobiga kirib qoldik.

- Bugun jamoangiz mavsumdagi eng yomon o'yinlaridan birini o'tkazdi. Tayyorgarlik yaxshi bo'lmaganmidi?

- Yo'q, qanday jamoa maydonga kelayotganimizni bilardik. O'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Biroq, mezbonlar tezkorlik bilan birinchi golni urishdi va bu bizning rejalarimizga tasir ko'rsatdi. Ikkinchi golni ham o'tkazib yuborganimizdan so'ng jamoada ishonch yo'qolib qoldi, ishtiyoq pasayib ketdi. SHuning uchun ham aytayapman, o'yin scenariysiga qarasak, hisob adolatli bo'ldi.

- "Andijon" ayni damda krizisda ekanini avval ham aytgansiz. Buni bartaraf etish uchun vaqt kerak. SHu vaqt oralig'ida jamoa autsayderlar chizig'iga tushib qolishidan cho'chimaysizmi?

- Bazan bunday muammolar bitta g'alaba ortidan hal bo'ladi. Biz bugun ham yutqazgani kelmagandik, natija uchun harakat qildik. Oldimizda O'zbekiston kubogi doirasida masuliyatli o'yin bor. Balki shu uchrashuvda ijobiy natija qayd etsak, jamoa ruhiyati ko'tariladi, ishonch paydo bo'ladi.



Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика