So’nggi yangiliklar

01:54Англия профессионал футболчилар уюшмаси АПЛ рамзий терма жамоасини эълон қилди  0 01:10Фарҳод Нишонов: "Вазиятлардан фойдаланганимизда ўйин сценарий бошқача кечиши мумкин эди"  0 00:56Неъматилло Қуттибоев: "Бугунги ғалаба – қаҳрамонлик. Йигитлар ва мухлисларга раҳмат"  0 00:50Гвардиола "Сити" билан шартномасини узайтирадими? Мураббийнинг ўзи жавоб берди  1 00:25"Арсенал" Троссарднинг маошини сезиларли даражада оширмоқчи  0 00:00Ла Лига. "Реал Мадрид" – "Осасуна" (онлайн ҳисоб)  22 23:30Эрон. "Истиқлол" илк турда "Трактор"ни мағлубиятга учратди  1 23:23Гарначо "Бавария"га йўқ деди. Футболчи "Челси"га ўтмоқчи  2 22:25"Наполи" "Жирона"дан 20 млнлик трансферни амалга оширди  0 21:45"Марсель" жанжалкашларни расман бадарға қилмоқда. Рабьога таклифлар бор  1 21:01ПФЛ Бергер тизимини бекор қилса, янги тақвимда тарихий омиллар ҳисобга олинадими?  9 20:51Моуринью мураббий сифатида ўсишига ёрдам берган футболчи ҳақида гапирди  9 20:25Мбаппе Доннарумманинг ПСЖдаги ҳолати ҳақида: "Бу оғир ва адолатсиз давр"  3 19:58Про лига. "Арал" "Олимпик-MobiUz" билан ўйинда ирода кўрсатди  3 19:36​"Челси" Стерлинг бўйича таклифларни кўриб чиқади  3

Aleksandr Lobanov: “Tanqid qiluvchilarni ikki toifaga ajratish mumkin” Yangiliklar

Aleksandr Lobanov: “Tanqid qiluvchilarni ikki toifaga ajratish mumkin”

Kecha Toshkentning “Paxtakor” klubi yangi bosh murabbiy bilan ilk mashg'ulotini o'tkazdi.

Ikkinchi davraga tayyorgarlik ko'rayotgan “sherlar”ning mashg'uloti “JAR” stadionida bo'lib o'tdi. Mashg'ulotdan so'ng darvozabon Aleksandr Lobanovni suhbatga tortdik.

-  Jamoaga yangi murabbiy keldi va ilk mashg'ulotni o'tkazdingi. Yangi murabbiy haqida qanday fikrdasiz, ular bilan ishlash sizga qiyinchilik tug'dirmadimi?

-  Albatta, bosh murabbiyimiz tajribali, kuchli mutaxassis ekanligi  ko'rinib turipti. Birinchi mashg'ulotdan o'z ishiga masuliyatli ekani va barcha narsaga jiddiy etibor berishi bilinib turdi. Birinchi mashg'ulotimiz u darajada qiyin o'tmadi. Engil mashqlarni bajardik.

-  Birinchi davradagi o'yinlar haqida qanday fikr bildirasiz?  

-  Birinchi davrada ko'p ochko yo'qotdik. Ikkinchi davrada ochko yo'qotmaslikka harakat qilamiz.

-  Jamoaga “Nasaf”dan Eldor Suyunov taklif etildi. Asosiy tarkibdagi o'rningizni yo'qotib qo'yishdan qo'rqmaysizmi?

-  Yo'q, chunki raqobat bor joyda o'sish bo'ladi. Raqobat bu yaxshi narsa. Kim asosiy takribda maydonga tushishini bosh murabbiy xal qiladi. Darvozabonlar murabbiyi turk va ingliz tillarini bilar ekan.


-  Xorijdan darvozabonlar murabbiyi jamoaga jalb qilindi. U bilan til topishish qiyinchilik tug'dirmadimi?

-  Ingliz tilida biroz suhbatlashishni bilaman. SHuning uchun murabbiy bilan til topishish qiyinchilik tug'dirmayapti.

-  Bir necha kun oldin siz haqingizda “Lobanov – tanqidlarga loyiq darvozabon emas” degan maqola chop etildi. Oradan ko'p o'tmay ushbu maqolaga raddiya chiqdi. Bunga qanday fikr bildirasiz?

-  Men ushbu maqolaga yozilgan raddiyani o'qiganim yo'q. CHunki bu menga qiziq tuyulmadi. Men o'z fikrimni bildirdim. Kimdur meni qo'llab-quvvatladi, yana kimdur meni qo'llab-quvvatlaganni noto'g'ri fikrda ekanligini bildirdi. SHuning uchun har kimni o'z fikri bor.

-  Siz tanqidga qanday qaraysiz?

-  Tanqid yaxshi narsa, agarda asosli tanqid bo'lsa. Tanqid qiluvchilarni ikki toifaga ajratish mumkin. Birinchi toifasi asosli tanqid qiladi ikkinchi toifasi esa shunchaki yomon ko'rganidan tanqid qiladi.


Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi

Reyting: -123   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика