So’nggi yangiliklar

19:25"Турон" — "Тобол". Таркиблар маълум  0 19:23Суперлига. "Пахтакор" – "Хоразм". Таркиблар маълум  1 19:02Ла Лига. "Атлетико" ўйиннинг сўнгги қисмида "Жирона"ни тор-мор келтирди, Сорлотдан хет-трик. Мадрид клуби мавсумни учинчи ўрин билан якунлади  1 18:58АПЛ. Сўнгги тур ўйинлари учун таркиблар маълум  7 18:45Суперлига. "Навбаҳор" - "Қўқон-1912" 2:0 (матнли трансляция)  10 18:35"Ал Батаеҳ" — "Ал Ваҳда". Ғаниев ва Эркинов жамоалари ўртасидаги ўйин учун таркиблар маълум  0 18:16Муҳим беллашувга оз қолмоқда. Терма жамоа йиғинига ким қайси вақтда етиб келади?  5 17:47"Интер" 27 млн евролик трансферни амалга ошириши мумкин  0 17:13"Наполи" Аллегрига бир мавсум учун 6 миллион евро таклиф қилиши мумкин  0 16:22"Милан" Рейндерснинг нархини "Манчестер Сити"га маълум қилди  1 15:47"Арсенал" "Милан" етакчиларидан бирига қизиқиш билдирмоқда  0 15:17Расман: Хаби Алонсо — "Реал" бош мураббийи  9 14:48"Атлетик" бош мураббийи "Барселона"нинг Уильямсга қизиқиши ҳақида гапирди  5 14:12"Интер" "Рома" футболчисини харид қилмоқчи  6 13:43"Ливерпуль" бразилиялик ҳужумчи харидини кўриб чиқмоқда  0

Aleksandr Krestinin: "Dinamo"ga qarshi kechgan uchrashuvdan ancha tartibli futbol o'ynadik. Raqib kamroq xato qildi va g'alaba qozondi" Yangiliklar

Aleksandr Krestinin: "Dinamo"ga qarshi kechgan uchrashuvdan ancha tartibli futbol o'ynadik. Raqib kamroq xato qildi va g'alaba qozondi"

Superliga 12-turidan o'rin "Lokomotiv" - "So'g'diyona" (1:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Yaxshi o'yin bo'ldi. Ikki jamoa ham yaxshi vaziyatlar yarata olishdi. Himoyada etarlicha stabil o'ynay olmadik. Raqib kamroq xato qildi va shu sababli g'alaba qozondi.

- "Lokomotiv" jamoasi uch oydan beri g'alaba nimaligini bilmay kelmoqda. Bunday inqiroz jarayonida jamoangiz o'yinida qandaydir pozitiv jihatlarni takidlab o'ta olasizmi? Jamoada yomon natija qayd etayotganiga qaramay, jamoada o'sish sezmoqdasizmi?

- Albatta. "Dinamo"ga qarshi kechgan uchrashuvdan ancha tartibli futbol o'ynadik. Ko'proq vaziyatlar yaratdik. O'z yo'limizda davom etishimiz kerak. Xatolar uchrab turibdi. Ularni to'g'irlashimiz kerak. Ruhiy tomonlama ham bosim bor.

- "Lokomotiv" qayd etayotgan yomon seriya futbolchilarga tasir qilayotgani haqida gapirib o'tgan edingiz. Futbolchilaringiz yo'l qo'yayotgan xatolar ushbu bosim sabablimi? Bugun darvozabon ko'p xatolarga yo'l qo'ydi va ishonchsiz o'yin namoyish etdi.

- Gaplaringizda bog'liqlik bor. Lekin professional futbolchi har doim o'zining emocional holatini stabil ushlab tura olishi kerak.

- Yosh futbolchi SHohrux Hudoyberganov bugun debyut qildi. Yosh futbolchini ikkinchi bo'limda maydonga tushirdingiz, ammo 20 daqiqa o'tar-o'tmas Hudoyberganov yana zaxiraga olindi. Bunga sabab nima bo'ldi?

- Sababi oddiy. U o'z funkciyasini yaxshi bajara olmadi. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchi jamoaga foyda keltirishi kerak.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика