So’nggi yangiliklar

09:00Мбаппе ушбу натижага эришган тарихдаги иккинчи футболчи  0 08:32Португалия ЖЧ-2026 га чиққан тақдирда Роналду биринчи турни ўтказиб юборади  0 08:06"Ал Айн Кубоги". Бугун терма жамоамиз Салоҳ бошчилигидаги Мисрга қарши баҳс олиб боради  2 07:41ЖЧ-2026 саралаши. Африка қитъасида ярим финал учрашувлари бўлиб ўтди  0 02:42ЖЧ-2026 саралаш. Италия имкониятни сақлаб қолди, Франция ҳал қилди, Роналду қизил олди ва бошқа натижалар  16 01:26Оскар фаолиятини якунлаши мумкин  0 00:54"Бавария" Нойер билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:38Камавинганинг ҳолатига бугун баҳо берилади  0 00:13U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Хорватияга қарши ўйинга тайёргарликни давом эттирмоқда  0 23:57ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан йирик ғалаба, Холанддан дубль ва мавсумдаги 30-гол  3 23:32ЖЧ-2026 саралаши. "Омадсиз"лар дербисидаги биринчи ўйинда дуранг  3 23:07"Ал Айн Кубоги". Эрон Кабо-Вердени пенальтилар сериясида мағлуб қилди ва финалга йўлланма олди  5 22:53Машарипов умумий гуруҳ машғулотларига қайтди  4 22:28Абдулмалик Анваровнинг ҳолати қандай?  6 22:08Фабио Каннаваро: "Имкониятим бўлганда кўпроқ футболчиларни жалб этган бўлардим, аммо ҳозирча 26та футболчини чақира оламиз"  22

Aleksandr Krestinin: "Bizga stabillik etishmayapti" Yangiliklar

Aleksandr Krestinin: "Bizga stabillik etishmayapti"

"Bunyodkor" hamda "Neftchi" o'rtasidagi Superliganing 23-tur o'yinidan (2:1) so'ng mezbonlar ustozi Aleksandr Krestinin matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob berdi.

- Juda og'ir o'yin bo'ldi. Muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman. Emocional va kurashlarga boy o'yin bo'ldi. Muhimi g'alaba qozondik va uch ochkoni qo'lga kiritdik.


- Emocional jihatdan bugungi uchrashuv shunday kechishi tahmin qilganmidingiz? Sababi "Neftchi" chempionlik uchun kurashmoqda va ularga g'alaba qozonish juda muhim edi.


- Ha, uchrashuv yuqori temp ostida kechishini tahmin qilganmdim. Mavsum so'ngida barcha o'yinlar og'ir kechadi.


- "Neftchi" jamoasi bugungi o'yinga qadar chempionlik uchun kurashayotgan edi. "Bunyodkor" jamoasining bugungi uchrashuvdagi maqsadi qanday edi?


- Bizning maqsadimiz har bir uchrashuvda g'alaba qozonish. Turnir jadvaliga so'ngi turdan keyin qaraymiz va bir xulosaga kelamiz. Men mavsumning o'rtasida jamoaga keldim va hali hamon o'zgarish qilmoqdaman. Rahbariyat qandaydir maqsadlari qo'yishi mumkin, ammo bizning maqsadimiz har bir uchrashuvda g'alaba qozonish. To'g'ri musobaqa jadvalida teparoq bo'lishni istaymiz.


- Sultonov kabi yosh futbolchiga g'alaba golinin urish qanchalik tasir qiladi?


- Barcha futbolchiga gol urish muhim. Biz Sultonovni yosh yoki qari deb ajratmaymiz. U avvalari ham gol urgan. U zaxiradan maydonga tushib o'yinni kuchaytirmoqda. U katta potencialga ega futbolchi va mehnat qilishda davom etsa yana o'sishiga ishonaman.


- Bugun "Bunyodkor" jamoasi 3 markaziy himoyachi bilan o'ynadi. Bunday taktik uslubda asli qanot himoyachisi bo'lgan Taira markaziy himoyachi bo'lib harakatlandi. Bunga sabab nima?


- Biz ushbu taktik uslubni qo'llab kelayapmiz va shu sababdan Taira markaziy himoyachi sifatida o'ynadi. Futbolchilarning o'zi yo'qtirgan poziciyasida o'ynatishga imkonimiz yo'q. Jamoa uchun ular o'z poziciyasini o'zgartirishmoqda.


- "Bunyodkor" jamoasida joriy mavsum stabillik etishmayapti. Bunga sabab nima?


- Mavsum o'rtasida kelib, jamoa o'yinini darhol o'zgartirib yuborish qiyin. Biz ko'p o'zgarishlar qilmoqdamiz va o'zgarishlar o'z mevasini berish uchun ko'proq vaqt kerak. Stabillik etishmagayotgani aniq. Bizda futbolchilarning sog'ligi bo'yicha muammolar bor. SHunday o'yinlar orqali yigitlar tajriba to'plashadi.


- Hakamlarning qaroriga qanday fikr bildirasiz?


- Men hech qachon hakamlarni muhokama qilmayman.


Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика