So’nggi yangiliklar

10:39"Манчестер Сити" 40 йиллик натижани такрорлади  1 10:04Невилл МЮ учун идеал мураббий ким эканлигини айтди  2 09:28Анвар Раҳимов - "Локомотив" U-21 жамоаси бош мураббийи!  3 09:01Ниҳоят "Андижон" ўз мақсадига эришди  13 08:32Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?  11 08:01Африка Миллатлар кубоги. Ярим финал жуфтликлари билан танишинг  3 07:35Жейми Милнер рекорд қўйди  1 02:59Англия Кубоги. "Челси" Росеньорнинг дебютида "Чарльтон" майдонида йирик ҳисобда ғалаба қозонди  0 02:12Олег Зотеев: "Жаҳон чемпионатидаги рақиблар Ўзбекистонни менсимай майдонга чиқади"  2 01:56Африка Миллатлар Кубогининг сўнгги ярим финалчиси аниқ бўлди  3 01:33Анзур Исмоилов: "Роналду билан тенгдошмиз. Бу ёшда ўйнаш учун футболни севиш керак"  8 01:15Лиам Росеньор: "Одамлар менинг "Манчестер Юнайтед" мухлиси бўлганимни танқид қилишлари мумкин"  1 00:46Англия Кубоги. "Астон Вилла" "Тоттенхэм"ни мусобақадан чиқариб юборди  2 00:32"Хоразм" "Сурхон" футболчисини таркибига қўшиб олди  0 00:17А Серия. "Рома" 3 дақиқада киритилган икки гол эвазига ғалабага эришди  0

Aleksandr Geynrix, Aziz Haydarov, Islom Inomovlar qatnashgan 2006 yilgi Osiyo o'yinlarini yodga olamiz Yangiliklar

Aleksandr Geynrix, Aziz Haydarov, Islom Inomovlar qatnashgan 2006 yilgi Osiyo o'yinlarini yodga olamiz

2006 yil Doha mezbonlik qilgan Osiyo o'yinlari barchaning yodida bo'lsa kerak.

O'shanda Rauf Inileev boshchiligidagi olimpiya terma jamoamiz Qatarda o'tkazilgan Osiyo o'yinlarida juda chiroyli o'yin ko'rsatgan holda barchaning etirofiga sazovor bo'lgandi.  Turnirda "A" guruhidan o'rin olgan vakillarimizga BAA, Qatar, Iordaniya raqiblik qiladigan bo'ldi. Guruhdagi uchta uchrashuvda g'alaba qozonib 9 ochko jamg'argan futbolchilarimiz chorak finalda Iroq bilan to'qnash kelishadi. O'shanda juda tartibli va irodali o'yin namoyish qilgan hamyurtlarimiz ekstra-taymlarda o'tkazib yuborilgan gol evaziga mag'lub bo'lishgandi. Qo'shimcha bo'limlarda Asror Aliqulov maydondan qanday chetlatilgani yodingizda bo'lsa keraga. 

SHunga qaramasdan ular guruh bosqichida mezbonlardan va bizga doim muammo bo'ladigan BAAdan ustun kelishgandi. Hujumchimiz Aleksandr Geynrix esa to'rtta uchrashuvda beshta gol bilan to'purarlar poygasida iordaniyalik Odayi Sayfidan keyingi o'rinni band qilgan. Darhaqiqat tarkib juda kuchli, deyarli barcha futbolchilar Oliy ligada o'z jamoasining etakchisi bo'lib ulgurgan, milliy terma jamoada ham muhim futbolchi sifatida tilga olinayotgandi. Mazkur turnirdan bir yil o'tib Rauf Inileev milliy jamoa bosh murabbiyiga aylanadi va termamizni 2007 yilgi Osiyo kubogiga tayyorlaydi. Quyida fotosuratlar orqali ushbu musobaqani yodga olamiz.


Inileev Osiyo o'yinlariga uchta yoshi katta futbolchi sifatida Temur Kapadze, Server Jeparov, Asror Aliqulovni tanlaydi. Tarkibdagi qolgan barcha futbolchilar Oliy ligada allaqachon muxlislar og'ziga tushgandi. 


Mazkur terma jamoadagi futbolchilar Inileev davrida milliy jamoaning ham o'zagi bo'lib xizmat qildi. 


Ilhom Suyunovning tezkor reydlari va kuchli zarabalarini muxlislar hamon zavq bilan yodga olishadi. Afsuski, shunday futbolchi butsalarini erta mixga ilishga majbur bo'ldi. 2014 yil Toshkentning "Lokomotiv" jamoasidan ketganidan so'ng boshqa yashil maydonga qaytmadi. Ayni vaqtda "Paxtakor" klubi tizimida faoliyat olib bormoqda. 


Sashadan doimgidek noodatiy golni nishonlash. Bu lahzalar uchun hattoki boringni berging keladi. 


Bugungi kunda "CHig'atoy" futbol maktabida murabbiylik qilayotgan Ildar Magdeev uzoq yillar "Paxtakor"ning asosiy futbolchisi bo'lib keldi. Aslida u Buxoro futboli tarbiyalanuvchisi sanaladi. "Oq-tepa" jamoasidagi faoliyatidan so'ng 2015 yilda butsalarini mixga ildi. 


Geynrix hozirgina qaysi terma jamoa posbonini ranjitdi?


Nesterovdan yana bir ajoyib seyv. Uning ortida barchaga yaxshi tanish bo'lgan Islom Inomov. Inomovning o'yinlarini ham  sog'inganlar oramizda topiladi deb o'ylaymiz. Ushbu futbolchi faoliyatining so'ngi damlarida "Surxon", "Andijon" jamoalarida to'p tepdi. Hozirda "Bunyodkor" klubida sport direktori sifatida ish boshladi. 


Maydonda qora ishni bajaradigan Aziz Haydarov amirlik futbolchiga qarshi. 


19 yoshli Kamoliddin Murzoev o'zining ilk katta turnirida raqibiga qarshi

Abdulaziz Iskandarov tayyorladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика