U-23 Osiyo chempionati 2-tur oldidan: Bugun muhim o'yin bor
10 jan 12:25
Yangiliklar
U-23 Osiyo chempionati 2-tur oldidan: Bugun muhim o'yin bor
Bugun O'zbekiston yoshlar terma jamoasi guruh bosqich 2-tur uchrashuvini Eron U-23 jamoasiga qarshi o'tkazadi. Ar Riyod shahridagi Prince Faisal Bin Fahd stadionida kechadigan bahs bizning vaqt bilan 19:00da boshlanadi.

Avvalgi tur
Ravshan Haydarov boshchiligidagi terma jamoamiz musobaqani g'alaba bilan boshladi. Dastlabki turda vakillarimiz Livanni 3:2 hisobida mag'lub etishdi. Amirbek Saidov, Ravshan Xayrullaev va Sardor Bahromov tomonidan kiritilgan gollar ilk turda qiyin g'alabani taqdim etdi.
Eron yoshlar terma jamoasi esa Janubiy Koreya U-23 termasiga qarshi maydonga tushib 0:0 hisobida durang qayd etdi. Bu o'yinda forslar ham, koreyaliklar ham yutib ketishi mumkin edi. Ko'proq bitta gol bahs taqdirini hal etadigan uchrashuvga o'xshadi, ammo gol urish tomonlarga nasib etmadi.

Murabbiylar fikri
Ravshan Haydarov (O'zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi): - Biz birinchi o'yindagi xatolardan xulosa chiqardik. O'ylaymanki, bugungi o'yinda bunaqa kulguli xatolar qaytarilmaydi. Eronning Janubiy Koreyaga qarshi bahsini o'rganib chiqdik. Raqib haqida malumotga egamiz. Bu chempionatda imkon qadar uzoqqa borishni maqsad qilganmiz. Eron - kuchli jamoa, raqibni hurmat qilgan holda g'alaba qozonishga harakat qilamiz.
Omid Ravanxax (Eron U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi): - Birinchi o'yinni yaxshi o'tkazdik deb o'ylayman, hartugul bir ochkoga ega chiqdik. Endi bo'lsa O'zbekiston bilan kechadigan bahs chorak final taqdirini hal qiladi. Raqib kuchli ekanini bilamiz, buni futbolchilarimiz ham yaxshi tushunib turibdi. O'zbekiston - futbol jadallik bilan rivojlanayotgan mamlakatlardan biri deb ayta olaman. Ularning erishayotgan natijalari ham ajoyib.

Raqamlar
- Bugungi g'alaba yoshlar terma jamoamizni muddatidan oldin chorak finalga olib chiqadi.
- Bungacha har ikki jamoa U-23 Osiyo chempionatida ikki bor to'qnash kelgan bo'lib, har ikkala bahs 1:1 hisobida durang bilan yakun topgan.
- U-23 Osiyo chempionatida Eronga gol urgan futbolchilarimiz: 2020 yil Islom Qobilov, 2022 yil Otabek Jo'raqo'ziev.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
Fikrlar
45.000 ORINLIK OLPIYODA STADIYONINDA BOLIP OTADI HALI OLIMPIYA STADIYONINDA HEC BIR JOMA FUTBOL OYNAMADI BU BIRINJI BOLADI ASHGOBAT SHAHAR OLIMPIYADA STADIYON 45.000 11 FEBRAL 18,:45 FK ARKODAG. AL NASSR .ROBALDO HAM KELADI BU OYINGA