"Manchester Siti" 40 yillik natijani takrorladi
11 jan 10:39
Yangiliklar
"Manchester Siti" 40 yillik natijani takrorladi
"Manchester Siti" Angliya Kubogi doirasida o'z tarixidagi eng yirik g'alabasini qayd etdi.
Kecha Pep Gvardiola boshqaruvidagi jamoa "Ekseter"ni 10:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Bu jamoaning 1987 yildan keyingi eng yirik natijasi hisoblanadi. O'shanda jamoa "Xaddersfild"ni shu hisobda mag'lubiyatga uchratgandi. 2019 yilda "Siti" Angliya Liga Kubogida "Berton" darvozasiga javobsiz 9ta gol urgandi.
Shuningdek, "Siti" 1986 yildan buyon bir o'yinda 10ta gol urgan Premer-liganing ilk jamoasi bo'ldi. So'nggi marta "Liverpul" Liga Kubogida "Fulxem" darvozasiga 10t bora yo'l topgandi.
Angliya Kubogida so'nggi marta 10dan ko'p gol urgan jamoa "Tottenxem" bo'lib turibdi. 1960 yilning fevralida "shporlar" "Kryu"ni 13:2 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
Fikrlar