So’nggi yangiliklar

23:47Филиппе Коутиньо "Васко да Гама"ни тарк этади  2 23:08Ла Лигада ой ўйинчиси бўлиш учун номзодлар эълон қилинди  1 22:33"Шўртан" назорат учрашувида Қирғизистон клубини йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  1 22:05ЕЧЛ. "Карабоғ" – "Ньюкасл Юнайтед". Таркиблар маълум  4 21:17Престианни Винига қилган ирқчилиги учун 10 та ўйинга четлатилиши мумкин  7 20:43"Қизилқум" клуби мураббийига жиноий иш очилди  13 19:50"Бенфика" Престианнини ҳимоя қилиб чиқди: "Биз футболчимизга тўлиқ ишонамиз"  13 19:22"Бу Дембелега айтилган "овозингни ўчир" ишорасими?" — Дуэнинг голни нишонлаши ПСЖ ичида можаро келтириб чиқариши мумкин  2 18:42"У 10 ой чидаб беришига шубҳам бор!" — Пети "Челси"даги беқарорликни танқид қилди  1 18:07Расман: УЕФА "Бенфика" — "Реал" ўйинидаги ирқчилик можароси бўйича суриштирув бошлади  27 17:30"Винисиус ҳакамнинг ишини ўта мураккаблаштириб юборди" — Марк Клаттенбург бразилиялик юлдузни танқид қилди  14 17:02Расман: "Навбаҳор" бразилиялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  6 16:46Расман: Ҳусайн Норчаев — "Навбаҳор" футболчиси  3 16:15Суперлига-2026. Бош мураббийлар кимлар?   8 16:10"Моуринью ўзининг нишонлашларини унутиб қўйдими?" — Собиқ ҳакам Итурральде Винисиуснинг сариқ карточкаси сирини очиб берди  10

Islom To'xtaxo'jaev: “Har qanday futbolchiga bunday ishqibozlar qarshisida o'ynash yoqimli” Yangiliklar

Islom To'xtaxo'jaev: “Har qanday futbolchiga bunday ishqibozlar qarshisida o'ynash yoqimli”

“Andijon” matbuot xizmati Islom To'xtaxo'jaevdan intervyu oldi.

- Islom, “Andijon” jamoamizga xush kelibsiz!
- Rahmat.

- Dastlab taklifni qabul qilishingiz sabablari haqida o'rtoqlashsangiz.
- “Andijon”dan taklif kutilmaganda bo'ldi. Sababiga kelsak, muxlislar. Har qanday futbolchiga bunday ishqibozlar qarshisida o'ynash yoqimli bo'ladi. Samvel Babayan bilan gaplashganimdan keyin bu erga o'tishga ishonch hosil qildim. Chunki jamoani maqsadi juda yuqori. Xudo xohlasa, o'ylagan niyatlarimizga etaylik va chempion bo'ladigan jamoa bo'lish nasib qilsin.

- Yangi oilaga keldingiz va ilk taassurotlar qanday?
- Barcha futbolchilar bilan tanishmiz. Asosiy maqsad “Andijon” muxlislarini xursand qilish va ularni doimo g'alabalar bilan quvontirish. 

- Antaliya yig'inida ishtirok etyapsiz va bu borada nima deya olasiz?
- Tayyorgarlikda hozircha asosan jismoniy holatga etibor qaratilyapti. Sharoitlar yaxshi, ajoyib maydonlarda shug'ullanyapmiz. 

- Qo'yilgan jiddiy maqsadga yarasha tarkib ham kuchaytirilyapti. O'zgarishlarga qanday munosabatdasiz?
- Mahoratli futbolchilar va iqtidorli yoshlar ham taklif qilinyapti. Bir oila bo'lib maqsadimizga erishamiz, degan niyatdaman. Xursandman, yaxshi o'yinchilar yig'ilyapti.

- Siz orqali himoya chizig'i yanada kuchaytirilishi turgan gap. Shuning uchun sizga bo'lgan ishonch va masuliyat katta.
- Masuliyat bilan o'ynash yoqimli, professional futbolda va ayniqsa o'zimga. Aynan masuliyat va muxlislarning bosimi ostida to'p surish ancha yoqimli bo'ladi. Eng oliy maqsad uchun kurashamiz. “Andijon” jamoamizni muvaffaqiyatli yo'lida yoshlarga qo'limizdan kelganicha yordam berishga harakat qilamiz.

- “Andijon”da to'p surishingizni faoliyatingizda qanday bosqich deb hisoblaysiz?
- Jamoani oldiga qo'yilgan maqsad oliyligi uchun ham bu qarorim to'g'ri. Chunki doim yuqori o'rinlar uchun kurashadigan klublarda o'ynab o'rganganman. Xudo xohlasa, stadion to'la muxlislar bilan o'ynash nasib qilsin. Yoshlarga ham yo'l ko'rsatamiz va chempionlik harakterini singdirishimiz kerak. Murabbiylar ko'rsatmasini to'liq bajarishga hamma bor kuchi bilan, yurakdan harakat qilsa, Xudoim ham to'g'ri yo'lni ko'rsatadi va natijasini ham beradi. Asosiysi, murabbiylarni ko'rsatmasini to'g'ri bajarsak, barchasi to'g'ri bo'ladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

+2   
10 jan 18:13:52
Aziz Alimov
50 ёшда хам уйнагин Исломжон, факат Нефтчига карши уйинларда халол уйнагин, хурмача киликларсиз, мужик булгин.
   
11 jan 14:08:35
Андижан
Мехнаткаш у́йинчи омад тилемиз
   
10 jan 20:31:34
Дилмурод
Зўр ўйинчи. Қойил қолдирган. Яна давомли бўлсин 2чи ёшлигингни кўрсат. Ёнига бубаня қўшилганда янаям зўр бўларди.
   
10 jan 19:02:20
Odiljon
Озгина ешинг утиб колдида Майли омадини берсин Самвел еши катталарни оляпсан.Анжон пастга тушиб кетса емон боласан
   
10 jan 18:28:03
David Terezege
Xuddi oldin xam uqigandekman bu interyuni ,
Doim bir xil savol javoblarligamikin
   
10 jan 18:19:39
Akbar Umarov
Menimcha Ekspert sifatida dangalini aytsam Andijon FC uzag'i bilan faqatgina 3-5 o'rinlar uchun kurasha olsa kerak
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика