Qoyil, Saudiya hammasini eplayapti
10 jan 11:35
Yangiliklar
Qoyil, Saudiya hammasini eplayapti
Qizig'i shundaki, ushbu mamlakat bir paytning o'zida Ispaniya Superkubogini ham o'zida qabul qilgan va shu bilan birga milliy chempionat o'yinlari ham davom etmoqda.
U-23 Osiyo chempionati ikkita shaharda joylashgan to'rtta stadionda bo'lib o'tmoqda. Poytaxt Ar Riyoddagi Prince Faisal Bin Fahd Stadium bilan Al Shabab Stadium va Jidda shahridagi King Abdullah Sports City Hall Stadium bilan Prince Abdullah Al Faisal Sports City Stadium U-23 Osiyo chempionatiga biriktirilgan.
7 yanvar kuni start olgan Ispaniya Superkubogi o'yinlarini Jidda shahridagi eng hashamatli o'yingoh King Abdullah Sports City Stadium o'zida qabul qilyapti. Malumot uchun, ushbu stadion Saudiya Arabistoni sport vazirligiga qarashli bo'lib, o'z bag'riga 62,345 muxlisni sig'diradi. Ispaniya Superkubogidan o'rin olgan har uchala bahs shu stadionda bo'lib o'tishi belgilab qo'yilganini hisobga olsak, "Barselona" - "Atletik" uchrashuvini ko'rish uchun 50 ming, "Atletiko" - "Real" bahsini kuzatish uchun esa 55 ming muxlis tashrif buyurdi.
11 yanvar kuni bo'lib o'tadigan "Barselona" - "Real" final o'yini ham shu o'yingohda o'tkaziladi va shu kuni stadion liq to'lishi kutilmoqda. Ikkita xalqaro darajadagi musobaqa mayli, Saudiya Arabistoni milliy chempionati - Saudiya Pro Ligasi ham to'xtab qolgani yo'q, taqvim bo'yicha tur o'yinlari davom etyapti.

Xususan 2-4 yanvar kunlari 13-tur bahslari o'tkazilgan bo'lsa, 8 yanvardan 14-turga start berilib, hozircha uchta o'yin o'tkazildi. Qolgan o'yinlar bugun-erta bo'lib o'tadi. Saudiya Pro Ligasi taqvimi shunday tuzilganki, Jiddaning ikki klubi - "Al Ittihod" va "Al Ahli" bu turni safarda o'tkazadi. Bu esa King Abdullah Sports City Stadium ushbu oraliqda bo'sh bo'lishini va bemalol Ispaniya Superkubogini o'tkazish imkonini beradi.
Taqvimga ko'ra, "Al Ahli" navbatdagi uy uchrashuvini 14 yanvar kuni "Al Taavon"ga qarshi o'tkazadi. Bu paytga kelib Superkubok o'z nihoyasiga etgan va maydonni uch kun ichida keyingi bahsga tayyorlash kerak bo'ladi. O'ylaymizki, saudiyaliklar buni eplay olishadi.
Gap bu erda faqat bo'sh stadion topishda emas. Malumki, birorta musobaqani qabul qilish uchun bir nechta kriteriyalarni hal qilib olish lozim bo'ladi. Xususan katta delegaciyani kutib olish, mehmonxonaga joylashtirish, o'yinga va mashg'ulotlarga olib borish, o'yin vaqtini belgilash - uchrashuv o'tkazish bilan bog'liq nihoyatda ko'p masalalar borki, bular bir deganda hal bo'lmaydi. Hamma ishni juda puxtalik bilan olib borishga to'g'ri keladi.
Birgina U-23 Osiyo chempionatiga Saudiya Arabistoniga 15ta davlat jamoasi tashrif buyurgan, bundan tashqari Ispaniyaning to'rtta nomdor klubi ham kelganini inobatga olsak, tashkiliy ishlar shu qadar ko'pki, hammasini puxta reja asosida ishlab chiqishga to'g'ri keladi. 90 daqiqalik o'yin atrofida kerak bo'lsa 90 kunlik ish kutib turgan bo'ladi.

Bu o'rinda Saudiya Arabistonining maqsadi malum: shu orqali Osiyo va Jahon etiborini qozonish. Bejizga OFK U-23 turniridan keyin 7-24 may kunlari bo'lib o'tadigan U-17 Osiyo chempionatini Saudiyaga bergani yo'q. Osiyodagi eng katta futbol musobaqasi - milliy terma jamoalar o'rtasidagi Osiyo Kubogi ham kelasi yil aynan Saudiya Arabistonida o'tkaziladi. Elit Osiyo chempionlar Ligasining o'tgan yilgi chorak final, yarim final va final o'yinlari ham Saudiyada bo'lib o'tgani yodingizda. O'tgan yil hamma o'yinlar faqat Jidda shahrida o'tkazilgandi. Bu yil ham markazlashgan tartibda shunday bo'ladi.
Saudiya Arabistoni sport vazirligi tomonidan Vision 2030 loyihasi ishlab chiqilgan bo'lib, ushbu loyihaga ko'ra, 2030 yilga qadar mamlakat juda katta xalqaro musobaqalarni o'zida qabul qilishi kerak. Avvalgi yil Italiya Superkubogi shu loyiha bo'yicha o'tkazildi. Endilikda Ispaniya Superkubogi o'ziga ko'chirgan davlat bu ketishda Evropa chempionlar Ligasi finalini ham qabul qilishdan chekinmaydi. 2034 yilgi Jahon chempionati ham Saudiya Arabistoniga berilgani bejiz emas.
Saudiya Arabistoni faqat futbol o'yinlariga mezbonlik qilish bilan cheklanib qolayotgani yo'q. Mamlakat boshqa sport turlarini ham qabul qilishga tayyor ekanligini ancha oldin malum qilgan. Tobora mashhur bo'lib borayotgan UFC janglari, Formula-1 poygasi shular jumlasidan. Endilikda Saudiya qishki sport turlarini ham o'zida o'tkazmoqchi: biatlon, chang'ida uchish - buning uchun ular hatto suniy qor maydoni barpo etishga vada bergan.
X.Xoliqov
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
Fikrlar
O‘sha gap, O‘zbekiston hamma sport turiga, talim tizimimi ijtimoiy himoyami hullas hamma narsaga sarflagan mablagdan ham kop sarflaydi Saudiya birgina futbolni o‘ziga.
Ўзбекистон давлат бюджети ҳаражатлари учун 2026 йилга 35 млрд доллар маъқулланган.
Бу рақам ўзгариши мумкун, лекин жуда катта фарқга эмас.
229 млрд доллар бу жуда катта пул.