So’nggi yangiliklar

01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  2 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  8 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:58А Серия. "Кальяри" - "Милан" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  5 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

La Liga. Alamzada "Atletiko" o'z uyida "Granada"ni qabul qiladi Yangiliklar

La Liga. Alamzada "Atletiko" o'z uyida "Granada"ni qabul qiladi

Ispaniya chempionati 33-turi doirasida Madridda "Atletiko" - "Granada" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Bugun turli darajadagi futbolchilar maydonda ro'baro keladi va poytaxtliklar raqiblaridan deyarli har jabhada ustunroq. So'nggi bor ushbu klublar Madridda to'qnash kelganda o'yin 6:1 hisobida mezbonlarning g'alabasi bilan yakunlangan. "Granada" xavfli zonadan bir ochkogagina oldinda va bugun nomdorroq raqibiga jiddiy qarshilik ko'rsata olmasa kerak. Jamoalar bu mavsumni qanday o'tkazayotganiga nazar tashlasak.


"Atletiko"

"Atletiko" CHempionlar Ligasi guruh bosqichini ishonchli o'tkazdi, pley-offning birinchi to'sig'i "Manchester Yunayted" ham oshib o'tildi. Biroq chorakfinalda Madrid jamoasi Manchesterning boshqa bir jamoasiga murosasiz kurashda imkoniyatni boy berdi.

La Ligada CHolo jamoasi 18 g'alaba va 6 durang qayd etib, to'rtinchi o'rinni band etib turibdi. Qiziq jihati, "Barselona" (1 ta zaxirada o'yini bor), "Sevilya" va "Atletiko"ning ochkosi teng va to'plar farqigina kim nechanchi pog'onada bo'lishi hal qilmoqda. "Malorka"dan uchralgan mag'lubiyatdan (0:1) keyin poytaxtliklar "Espanol"ni engdi (2:1).

Bugun "matraschilar"ga diskvalifikaciya tufayli Felipe Monteyro va Joffrey Kondogbya, jarohat sabab esa Xose Ximenes, Toma Lemar, Ektor Errera va mavsum oxirigacha safdan chiqqan Joau Feliks yordam bera olmaydi. 


"Granada"

Bu mavsum "Granada"ning ishlari yurishmayapti. 32 turdan so'ng jamoa 16-o'rinni band etib turibdi. 6 g'alaba va 11 durang bilan 29 ochko jamg'argan Aytor Karanka jamoasi oxirgi ikki turda "Sevilya" (2:4) va "Levante"ga (1:4) imkoniyatni boy berdi.

Qirol Kubogida "Granada" dastlab "Laguna"ni (7:0) tor-mor etgan bo'lsada, keyingi bosqichda kutilmaganda "Atletiko Mancha"ga (0:1) imkoniyatni boy berdi.


Bugun mehmonlar safida diskvalifikaciya tufayli Xerman Sanches Baraona maydonga tusha olmasa, Neyder Lozano, Santyago Arias, Karlos Neva, Ruben Rochina va Raul Torrente jarohat sababli o'yinni o'tkazib yuborishi kutilmoqda.


"Atletiko"ning bu mavsum himoyadagi ishlari yurishmayotgandek. Bu Diego Simeone jamoasi uchun g'alati bir holat. Jamoalarning oxirgi 3 o'yinida kamida 3 tadan gol urilgan. Hozirgi Madridning kuchli tomoni esa bu hujum. Qiziq, bugun qanday o'yin guvohi bo'larkanmiz?  


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика