So’nggi yangiliklar

18:00"Қўқон-1912" — "Қизилқум" 0:0 (матнли трансляция)  0 17:57Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи". Таркиблар маълум  3 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  10 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  15 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  6

“Al Jaish” OFKdan “Bunyodkor”ga texnik mag'lubiyat yozishni so'rayapti Yangiliklar

“Al Jaish” OFKdan “Bunyodkor”ga texnik mag'lubiyat yozishni so'rayapti

Xabaringiz bor, Qatarda bo'lib o'tgan “Al Jaish” - “Bunyodkor” bahsida toshkentliklar 2:1 hisobida g'alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqishdi. “Al Jaish” esa mag'lubiyatga uchragani tufayli guruhdan chiqa olmadi, vaholanki, ularni durang ham qoniqtirardi.
Bahs yakuniga etganidan so'ng oradan ko'p o'tmay “Al Jaish” “Bunyodkor” ishtirokidagi o'yinlarga texnik mag'lubiyat yozish kerakligi haqida OFKga murojaat qildi. Bunga sabab etib “Bunyodkor” futbolchisi Anvar G'ofurovning bu yilgi OCHLda ikkita klub tarkibida maydonga tushgani ko'rsatilgan.

Yaxshi bilasiz, Anvar G'ofurov shu yilning o'zida dastlab “Lokomotiv” (pley-off), keyin “Bunyodkor” (guruh bosqichi) safida OCHL o'yinlarida maydonga tushdi. Xususan Qatardagi bellashuvda 6-raqamda to'p surgan G'ofurov maydonda to'liq harakat qildi.

“Al Jaish” yozgan shikoyat xatida futbolchining bu yilgi OCHLda ikkita klub tarkibida o'ynagani asos qilib olingan va ularning fikricha, bu erda reglament buzilgan. Bizga malum bo'lishicha, OFK hozir shu masalani o'rganib chiqyapti.

Xayrulla Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика