"Al Vakra" – "Navbahor" uchrashuvi Namangandagi "Markaziy" stadionida namoyish qilinadi
22 avg 2023 11:55
Yangiliklar
"Al Vakra" – "Navbahor" uchrashuvi Namangandagi "Markaziy" stadionida namoyish qilinadi
Xabaringiz bor, bugun "Navbahor" OCHL saralashida Qatarning "Al Vakra" klubi bilan bahs olib boradi.
"Qatarda bo'lib o'tadigan o'yinga qiziqish juda yuqori. Namanganlik muxlislar talab va istaklariga binoan viloyat hokimi SHavkat Abdurazzoqov tashabbusi bilan "Navbahor" stadioniga katta monitor o'rnatilib, jamoamiz o'yini jonli efirda namoyish etiladi.
Fan-klub ham stadionda ajoyib atmosfera yaratishga astoydil bel bog'lagan. Siz ham tashrif buyuring va jamoamizni masofadan qo'llab-quvvatlang!", – deyiladi "Navbahor news" xabarida.
Eslatib o'tamiz, 20:30 da boshlanadigan uchrashuv "Championat.asia" telegram kanalida ham to'g'ridan to'g'ri efirda ko'rsatilishi ko'zda tutilgan. Bizdan uzoqlashmang!
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar