"Al Sadd" bosh direktori: "Xavi "Barsa" uchun muhim vaziyatda o'z klubiga ketishni xohladi. Biz uning yo'lida turmaslikka qaror qildik"
05 noy 2021 17:58
Yangiliklar
"Al Sadd" bosh direktori: "Xavi "Barsa" uchun muhim vaziyatda o'z klubiga ketishni xohladi. Biz uning yo'lida turmaslikka qaror qildik"
"Al Sadd" bosh direktori Turki Al Ali Xavining "Barselona"ga ketganiga izoh berdi.
"Bundan bir necha kun oldin Xavi bizga aynan hozir, aniqrog'i o'z klubi qiyin ahvolda qolgan payt ketishni xohlayotganini aytdi.
Biz buni qabul qildik va uning yo'lida turmaslikka qaror qildik.
Xavi va uning oilasi hali ham Doxadagi ajoyib mehmonlar bo'lib qolishadi va bizning munosabatlarimiz davom etadi", - deydi Al Ali.
Fikrlar