"Al Rayyan" bosh murabbiyi o'tgan mavsum o'zbek klubi sababli OCHLdan quruq qolgan edi
05 noy 12:25
Yangiliklar
"Al Rayyan" bosh murabbiyi o'tgan mavsum o'zbek klubi sababli OCHLdan quruq qolgan edi
O'tgan mavsum Qatar Yulduzlar Ligasining vice-chempionini boshqarayotgan Yunus Ali o'zbek klublariga begona emas. Qatarlik futbol murabbiyi "Al Rayyan" jamoasini boshqarishidan oldin uch mavsum davomida "Al Arabi" jamoasida ishlagan. "Al Arabi" klubi esa o'tgan mavsum Osiyo CHempionlar ligasi saralash bosqichi doirasida OKMK bilan bahslashgan edi. Mirjalol Qosimov boshchiligidagi OKMK esa "Al Arabi"ni Ruben Sanchesning goli evaziga 1:0 hisobida mag'lub etgandi va CHempionlar ligasining guruh bosqichiga yo'l olgandi. Qatarlik "koach" 2024 yilning 24 sentyabr kuni "Al Rayyan" bosh murabbiyi etib tayinlangan. Yunus Aliga qadar jamoani eronlik Boya Asbaghi boshqarayotgan. O'tgan mavsumda jamoani taniqli murabbiy Leonardu Jardim ushbu klubni boshqargan edi.
Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" - "Al Rayyan" bahsi soat 19:00da "JAR" stadionida start oladi.
Pakhtakor Tashkent |
AFC Champions League Elite West . 4-tur 05/11/2024, 19:00 1
:
0
Tugadi
|
Al-Rayyan Hazem Shehata - 51' |
Fikrlar