So’nggi yangiliklar

19:24"Реал" "Милан" футболчисини сотиб олмоқчи  1 19:15Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" – "Оқ-тепа", "Навбаҳор" – "ФарДУ"  0 19:00Ўзбекистон Кубоги. "Машъал" иродали ғалабага эришди, "Шўртан" йирик ғалабани тантана қилди  2 18:06Францияда ПСЖ стадионининг VIP ложаларига кириш рухсатномасини ноқонуний сотишда гумонланиб, 5 киши қўлга олинди. Рухсатномлар нархи 1500 еврогача етган  1 17:38Суперлига 10-турида ишловчи ҳакамлар эълон қилинди  2 16:50"Реал"да жисмоний тайёргарлик тизимини ўзгартиришмоқчи. Пинтуснинг усуллари зич тақвимга мос эмас деб ҳисобланди ва у Алонсо штабига кирмайди (Marca)   16 15:52“Таклиф устида узоқ ўйланмадим, бу биз учун янги чақирув” – Максим Шацкихдан дастлабки фикрлар  26 15:47Футболда тезлик бўйича жаҳон рекорди янгиланди  4 15:26Эвра Брунунинг кетишига қарши: "У жамоанинг энг муҳим ўйинчиси, усиз МЮ Европа Лигаси финалига чиқмаган бўлар эди. Уни қўйиб юборишса, хато бўлади"   0 14:31“Лочин” парвози: Кубокдаги сенсация ва Полвоновнинг қайтиши  4 14:08Деку: "Барса" Рафинья ва Ямалга боғланиб қолган. Таркибда баланс бор, лекин бизга уларга ўхшаш ўйинчилар керак"  6 13:11"Игорь, футболкангни бер". "Пахтакор" - "Насаф" учрашувидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:05"Наполи" ва де Брюйне шартнома тафсилотларини муҳокама қилишга тайёр, ярим ҳимоячининг оиласи хоҳишлари инобатга олинди   0 12:21Қоидабузарликдан сўнг урилган гол ва ВАРнинг нотўғри аралашувлари. Суперлиганинг 9-тури ҳакамлик таҳлили  3 12:12"Пахтакор" тўртинчи бўлди. "Насаф" охирги бор қачон 6 та гол ўтказган эди?   24

"Al-Rayyan" bosh murabbiyi: "Dastlabki turlarda Saudiya "grand"lariga qarshi o'ynadik. Ikki jamoa uchun ham ochkolar juda-juda zarur" Yangiliklar

"Al-Rayyan" bosh murabbiyi: "Dastlabki turlarda Saudiya "grand"lariga qarshi o'ynadik. Ikki jamoa uchun ham ochkolar juda-juda zarur"

"Paxtakor" hamda "Al Rayyan" o'rtasida o'tkaziladigan OFK Elit CHempionlar ligasi 4-tur uchrashuvidan avval qatarliklar ustozi Yunus Ali ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

"Ikki jamoa uchun ham juda katta ahamiyatga ega o'yin. Umid qilamanki, biz yaxshi natija qayd eta olamiz va ushbu musobaqadagi dastlabki uch ochkoni qo'lga kiritamiz. Biz dastlabki o'yinlarda yaxshi o'ynadik, ammo mag'lub bo'ldik. Saudiya jamoalariga qarshi o'ynash oson emas. Ertangi uchrashuvda ijobiy natija qayd etish biz uchun juda muhim", - dedi Qatar jamoasi bosh murabbiyi Yunus Ali.


"Ertaga biz uchun juda muhim uchrashuv va umid qilamanki, biz yaxshi natija qayd eta olamiz. "Paxtakor" juda yaxshi jamoa. Biz ertangi uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik", - dedi Abdulaziz Hatem.


- Jamoangiz dastlabki uchrashuvlarda mag'lub bo'ldi. Yomon natijalar jamoangiz kayfiyatiga tasir qildimi? Jamoaning hozirgi holati qanday?


- Biz dastlabki uchta bahsni Saudiya jamoalariga qarshi o'tkazdik. Tan olaylik, ular bilan raqobatlashish ancha qiyin vazifa. Saudiya klublari xalqaro maydonda juda yaxshi natijalar qayd etib kelishadi, lekin shunga qaramay munosib o'yin ko'rsatdik, nazarimda. "Al-Ahli" va "Al-Nasr"larga qarshi yaxshi o'ynadik, biroq alamli mag'lubiyatga uchradik. Jamoamda o'sish kuzatilmoqda va biz ishlashda davom etishimiz kerak. Natija faqatgina vaqt masalasi. Ertangi uchrashuvda dastlabki ochkolarni ishlab olishni maqsad qilganmiz.


- Jamoangiz bir necha kun avval Qatar chempionatining amaldagi g'olibi "Al-Sadd"ga qarshi o'yin o'tkazdi. Ertaga esa "Paxtakor"ga qarshi bahs. Qisqa vaqt ichida ikkita muhim bahsda ishtirok etish qanchalik qiyin? Uzoq parvozdan so'ng jamoangizning jismoniy holati qanday?


- Siz aytib o'tganingizdek "Al-Sadd"ga qarshi o'yin juda og'ir bo'ldi. Jismoniy va ruhiy tomonlama. Mag'lub bo'lganimizga qaramay, biz juda yaxshi o'yin o'tkazdik va ko'plab imkoniyatlarga ega bo'lgandik. Oradan to'rt kun o'tdi. To'rt kun to'liq tiklanib olish uchun etarlicha bo'ldi deb o'ylayman.


- "Paxtakor" ayni damda juda yomon natijalar qayd etmoqda va muvaffaqiyatsiz mavsum o'tkazmoqda. Jamoaning mahalliy chempionatdagi ishlari yurishmadi. OCHLdagi so'nggi ikkita uchrashuvni esa safarda o'tkazdi va ikkita durang qayd etdi. "Paxtakor" jamoasini qanchalik o'rganib chiqa oldim deb o'ylaysiz? Jamoaning hozirgi kundagi muammolaridan xabardormisiz?


- "Paxtakor" hozirgi kunda yaxshi holatda emasligini bilaman, lekin jamoa o'z uyida o'ynaydi. Avvalroq takidlab o'tganimdek, ikki jamoa uchun ertangi uchrashuv juda muhim. Raqibimiz safida individual taraflama kuchli futbolchilar bor. Qiyin va kurashlarga boy bahs bo'lishi aniq.


- Raqib bosh murabbiyi "Al-Rayyan" shu kunga qadar OCHLda biz to'qnash kelgan eng jiddiy raqib bo'ladi, deb aytdi. Sizning jamoangiz esa dastlabki uchrashuvlarda Osiyoning eng kuchli jamoalariga qarshi o'ynadi. "Paxtakor" klubi "Al-Rayyan" taqvimidagi eng oson raqibmi?


- Yo'q. Bunday deyish noto'g'ri. Jamoalar qanday holatda ekanligini faqatgina maydonda bilib olamiz. "Paxtakor" hozirgi kunga qadar yaxshi natijalar qayd etmagandir, ammo buning katta ahamiyati yo'q. O'zbek klublari o'z uyida o'ynayotganida, barcha jamoalar uchun katta muammo tug'diradi. Osiyo Elit CHempionlar ligasi yangi musobaqa va ushbu musobaqada oson raqibning o'zi yo'q.


Abdulaziz Hatemga


- "Al-Rayyan" jamoasi musobaqa jadvalining eng qo'yi pog'onasida. Ertangi uchrashuv natijalariga ko'ra jamoa so'nggi pog'onani tark eta oladimi?


- Ha. Ertangi to'qnashuvda ochkolarni qo'lga kiritish biz uchun juda muhim. Sababi biz musobaqa jadvalidagi o'rnimizni yaxshilab olishimiz kerak. Biz yaxshi tayyorgarlik ko'rdik va ertaga ikki jamoa uchun ham qiyin bo'ladi.


Abdulaziz Hatemga


- Noyabr oyidagi FIFA kunlarida O'zbekiston milliy terma jamoasi Qatarga safar qiladi. Siz Qatar milliy terma jamoasi azosisiz. Qatar - O'zbekiston bahsidan o'n kun avval "Paxtakor"ga o'ynayotganingiz terma jamoada qo'l kelishi mumkinmi? Ikki mamlakat terma jamoalari bahsi haqida gapirib o'tsangiz? "Paxtakor" safida O'zbekiston terma jamoasining bir nechta futbolchilari to'p tepishidan xabaringiz bor.

- Birinchi navbatda men ertangi uchrashuv haqida o'ylayapman. Ertaga g'alaba qozonib olaylik, keyin esa terma jamoa haqida o'ylashim va fikr yuritishim mumkin. O'zbekiston terma jamoasi va klublari bilan birinchi marotaba to'qnash kelayotganimiz yo'q. O'zbekistonlik jamoalarni jismoniy jihatdan baquvvat deb ayta olaman.


- "Paxtakor" bosh murabbiyi Osiyo Elit CHempionlar ligasida tomoshabop futbol namoyish etish qiyin ekanligini aytdi. Ertaga jamoangiz raqibga qanday o'yin taklif qilishi mumkin? Ertaga stadionga tashrif buyuradigan muxlislar hujumkor va ochiq futbol ko'rishlari mumkinmi yoki natija muhimroqmi?

- Ikki jamoa ham natija suv va havodek zarur. Nasib qilsa, ertaga biz g'alaba qozonamiz.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика