"Al Oruba"ga transfer qilingan Xebay ketishidan oldin nimalar dedi?
30 jan 2024 11:59
Yangiliklar
"Al Oruba"ga transfer qilingan Xebay ketishidan oldin nimalar dedi?
Futbolchi andijonliklar safini tark etishidan oldin “Andijon” klubining matbuot xizmatiga qisqa intervyu berdi.
“Yil juda ham yaxshi o'tdi. Men bu erda o'zimni nihoyatda ajoyib his qildim. Bunday atmosferani shunchaki tashlab ketish qiyin, oson bo'lmaydi. “Andijon” meni Albaniyadagi jamoamdan keyingi eng yaxshi ko'rgan klubim bo'lib qoladi.
Menda jamoa muxlislariga nisbatan juda katta hurmat bor. Meni qo'llab-quvvatlagan va menga ishongan barcha insonlarga rahmat aytmoqchiman. Bu xayrlashuv, lekin butunlayga degani emas, deb o'ylayman.
Albatta, men barcha jamoadoshlarimga ortda qolgan yil uchun katta minnatdorchilik bildiraman. Bu transfer uchun ularga rahmat aytaman. Umid qilamanki, “Andijon” yildan yilga yanada yaxshi natijalar ko'rsata oladi.
Bu mening kelajagim hamda faoliyatim uchun yaxshi imkoniyat va yaxshi tanlov. Yangi klubimga yordam berib, ularning kelgusi mavsumda Saudiya pro ligada ishtirok etishiga hissamni qo'shmoqchiman. O'zim ham ular bilan birgalikda futbol yulduzlariga qarshi o'ynashni istagan bo'lardim”, – dedi Xebay.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди
Fikrlar