So’nggi yangiliklar

11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  0 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  22 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  1 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  25 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  5 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  24 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  4

"Al Nassr" yulduzi jamoadan ketmoqchi Yangiliklar

"Al Nassr" yulduzi jamoadan ketmoqchi

Ispaniya terma jamoasi yulduzi va "Manchester Siti" sobiq futbolchisi Emerik Lyaport amaldagi shartnomasi va katta maoshiga qaramay, Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubini tark etmoqchi.

"TalkSPORT" xabariga ko'ra, uning ketishiga himoyachining jamoadagi holatidan noroziligi va bosh murabbiy Stefano Pioli bilan kelishmovchiliklar sabab bo'lmoqda.

Lyaport haftasiga taxminan 390 ming funt maosh olayotgan va dunyoning eng ko'p maosh oluvchi 3 nafar himoyachisidan biri bo'lib turgan bo'lsa-da, klub va muhitni o'zgartirish uchun bu puldan voz kechishga tayyor. Uning shartnomasi 2026 yilga qadar mo'ljallangan, ammo 29 yoshli futbolchi muddat oxirigacha qolish niyatida emas.

U joriy mavsum 30 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi, biroq Krishtianu Ronaldu, Sadio Mane va Jon Duran kabi yulduzlarni ichiga olgan jamoadagi rolidan norozi. Shunisi etiborga loyiqki, hatto Ronalduning borligi ham Lyaportni "Al Nassr"da ushlab turolmaydi.

Eslatib o'tamiz, Ronalduning o'zi klubni tark etishi mumkin. Uning shartnomasi hali uzaytirilmagan, agar vaziyat o'zgarmasa, portugaliyalik erkin agentga aylanadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

+2   
15 may 21:43:46
Sho‘rchidan
Netda ko‘rdim bir bola navbati keldi, lekin ovqat tugab qoldi. Qo‘lida idishi. Rosa yig‘layapti bola. Bu yoqda Penaldu, Lyaportlarga shuncha pul berishyapti. Bu yoqda bolalar, odamlar och naxor. Ex odamlar...
+1   
15 may 21:58:07
=JAGUAR=
C.A da bilimi sayoz aqli noqis hodimlar ko'pagib ketmayaptimi? Bizga noto'g'ri va yolg'on ma'lumot berganingiz uchun chin ko'ngildan la'natlayman. Siz shunga munosibsiz!!!
+1   
15 may 20:07:14
Jaska Maxsudov
FC_BARCELONA_UZ foydalanuvchining fikriga javob berish
Lyaport fransiyalik. Fransiya termasiga jalb qilinmagani uchun Ispaniya uchun o'ynashga rozi bo'lgan.
Fransiya terma Jamoasi Yulduzi emas u
Qayerda tugʻilgani Haqida aytmadim
U termada Ispaniyada oynidi
Agar Hamma tugilgan Joyi boyicha aytilsa Fransiyani ozida deyarli yarmi boshqa joylik
+1   
15 may 19:45:36
Forever
FC_BARCELONA_UZ foydalanuvchining fikriga javob berish
Lyaport fransiyalik. Fransiya termasiga jalb qilinmagani uchun Ispaniya uchun o'ynashga rozi bo'lgan.
Matn notogri yozilgan Fransiya terma jamoasi azosi emasku?
+1   
15 may 19:06:00
Shohzod Nosirboyev
Qozoqlardan tikka chopish)))
   
15 may 21:00:45
FC_BARCELONA_UZ
Forever foydalanuvchining fikriga javob berish
Matn notogri yozilgan Fransiya terma jamoasi azosi emasku?
Matn no'to'g'ri ekanligini bildim. "Lyaport fransiyalik emas" degan gapiga javob yozgandim.
   
15 may 19:40:51
FC_BARCELONA_UZ
Jaska Maxsudov foydalanuvchining fikriga javob berish
Adminlar Lyaport Fransiyalik Yulduz emas u Ispanku
Lyaport fransiyalik. Fransiya termasiga jalb qilinmagani uchun Ispaniya uchun o'ynashga rozi bo'lgan.
   
15 may 19:30:08
leva8989
Jaska Maxsudov foydalanuvchining fikriga javob berish
Adminlar Lyaport Fransiyalik Yulduz emas u Ispanku
Men ham hayron bo'ldim
   
15 may 19:18:12
Jaska Maxsudov
Adminlar Lyaport Fransiyalik Yulduz emas u Ispanku
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика