⚡️ “Al Nassr” Osiyoning 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi bilan kelishuvga erishdi. Transfer hafta oxirida elon qilinishi kutilmoqda
26 jan 2023 23:00
Yangiliklar
⚡️ “Al Nassr” Osiyoning 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi bilan kelishuvga erishdi. Transfer hafta oxirida elon qilinishi kutilmoqda
Unga ko'ra, “Al Nassr” “Al Sadd” azosi Akrom Afif bilan muzokaralarning yakuniy bosqichida turibdi.
Klub 26 yoshli chap qanot vingeri bilan shartnomani iloji boricha tezroq imzolashni istamoqda. Riyodliklar Qatar TJ o'yinchisini 6 oyga ijaraga olmoqchi va transfer hafta oxirigacha elon qilinishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Afif “Eypen” (Belgiya), “Vilyarreal”, “Sporting Xixon” kabi jamoalar sharafini himoya qilgan. U Qatar termasi safida 2019 yilgi Osiyo Kubogida muvaffaqiyatga erishgan va 2021 yil AQSHda o'tkazilgan Konkakaf Oltin Kubogida bronza medalini qo'lga kiritgan. SHuningdek, Akrom Afif 2019 yil OFK tomonidan yil futbolchisi deb topilgandi.
U o'tgan mavsum Qatar Yulduzlar Ligasida 18 bahsda qatnashib, 14+17 natija qayd etgandi. Bu mavsum esa hujumkor futbolchi 2 o'yinda bitta gol urdi.
Avvalroq, “Al Nassr” jarohatdagi David Ospina o'rniga argentinalik kiper Agustin Rossini o'z safiga qo'shib olgandi. Afif keladigan bo'lsa, jamoadagi legionerlar soni 10 nafarga etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar